[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Aterinasimonlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Aterinasimonlar (Atheriniformes) – suyakli baliklar ken-ja turkumi. Uzunligi 4–50 sm. Karpsimonlar va sargansimonlarga qarindosh, jabra pardasi 5–7 nurli, burun teshigi bir juft, orqa suzgichi 2, qorin suzgichlari 6 nurli. Tangachalari yirik, sikloid, ba’zan kombinatenoid tipida, yon chiziqlari kucheiz rivojlangan. A. 5 oila, 40 urut va 180 toʻrni oʻz ichiga oladi. Chuchuk, shoʻrlangan va dengiz suvlarida, asosan tropik va subtropik suv havzalarida uchraydi. Tirik tugadigan A.ning anal va jinsiy teshiklari, shuningdek kuy-ikish organi tomogida joylashgan. Tu-xum qoʻyib koʻpayadigan A. suv tubiga yoki oʻsimliklarga yirik tuxumlarini qoʻyadi. Tuxumlardan tez orada baliqchalar chiqadi. Kaliforniya A. (Jeuresthes tenuis) suv koʻtarilgan paytda tuxumlarini qirgʻoq yaqinidagi qumga koʻmib qoʻyadi, suv qayta koʻtarilgunicha tuxumlardan yosh baliqchalar rivojlanib chiqadi. Qora va Azov dengizlarida Janubiy Yevropa ate-rinasi (Atherina boyeri), Kaspiy va Orol dengizlarida, Uzboy oʻzanidagi koʻllarda Kaspiy aterinasi (A. boyeri kaspia) tarqalgan. Kaspiy aterinasi mayda, uz. 10 sm gacha, har xil shoʻrlangan (7–36% gacha va undan ham yuqori) suvlarda yashaydi. Zooplankton bilan oziqlanadi. Ayrim A. ovlanadi yoki akvariumlarda boqiladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil