[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Asos

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Asos – mantiqiy tafakkurning muhim shakli hisoblangan xulosa chiqarishning tarkibiy qismlaridan biri. Chinligi amaliyotda tekshirilgan va isbotlangan ma’lum fikrni ifodalaydi. Undan noma’lum fikrni – xulosani keltirib chiqarish uchun foydalaniladi. Induktiv xulosa chiqarishda asos miqdori chegaralanmagan boʻlib, tayin bilimlarni ifodalaydi va umumiy xulosa keltirib chiqarish uchun xizmat qiladi. Deduktiv xulosa chiqarishda, aksincha asos sifatida umumiy bilimlardan foydalaniladi va ular tayin bilimlar haqida xulosa chiqarishga xizmat qiladi. Deduktiv xulosa chiqarishda asosning miqdori chegaralangan boʻladi. Mantiqiy tafakkurning isbotlash shaklida esa asos dalil, argument shaklida keladi va isbotlanishi lozim boʻlgan tezisni asoslash uchun keltiriladi. Asosning chinligi xulosa yoki tezisning chin boʻlishi uchun muhim shartlardan biridir, lekin bundan tashqari hukmlar bir-biri bilan toʻgʻri bogʻlangan va tartib bilan keltirilgan boʻlishi lozim. Aks holda toʻgʻri asosdan notoʻgʻri xulosa chiqishi mumkin. Umuman ilmda, turmushda, har qanday munozara va muhokamada, biror fikrni isbotlash yoki biror xulosaga kelish uchun foydalaniladigan fikr asos deb yuritiladi.[1]

  1. "Asos" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil