[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Asalari mumi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Asalari mumi — ishchi asalarilar mum bezlarida ishlab chiqaradigan yogʻsimon suyuqlik. Asalari mumi mum oynachalarida joylashgan mayda teshikchalar orqali 685tashqariga chiqib, havo taʼsirida qotadi va och sariq plastinka koʻrinishga keladi. Mumni faqat yosh arilar (10 — 20 kunga-cha boʻlgan yoshdagi) ishlab chiqaradi. Mav-sum davomida bitta oila 0,8 — 2 kg gacha mum ishlab chiqarishi mumkin. Mum tarkibida 300 dan oshiq elementlar boʻlgan murakkab aralashma boʻlib, ular murakkab efirlar aralashmasi (75% gacha), yogʻ kislotalari, uglevodorodlar va boshqalardan iborat. Mum vi-taminga boy (asalari uyasidan olingan 100 g mumda 4096 ME A vitamini bor). Solishtirma massasi 0,956 — 0,969. 62 — 72°da eriydi. Suvda erimaydi, efir, xloroform, benzol, benzin, skipidar moyida oson eriydi. Mumdan yangi asalari oilalari uchun mumparda tayyorlanadi, asosan, kosmetikada, oziq-ovqat sanoati-da, tibbiyotda va texnikada ishlatiladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil