[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Asadillo Nabiyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Asadillo Nabiyev
Tavalludi
Набиев Асадилло

5-may 1979-yil (1979-05-05) (45 yosh)
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi OʻzSSROʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi teatr va kino aktyori
Faoliyat yillari 1995-yildan hozirga qadar
Mukofotlari

Asadillo Nabiyev (1979-yil 5-may, Qarshi, Qashqadaryo viloyati, OʻzSSR) — teatr va kino aktyori, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist.

Asadillo Nabiyev 1979-yil 5-mayda Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida tugʻilgan. 1995—1996-yillarda „Muloqot“ teatr-studiyasida aktyor boʻlib ishlagan. 1996-yili Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutiga oʻqishga kirib, 2000-yilda tamomlagan.

2000-yildan 2001-yilgacha Respublika yosh tomoshabinlar studiyasida teatr aktyori, 2002 yildan 2004-yilgacha Madaniy ta’minot menejeri, 2004-yildan 2007-yilgacha Oʻzbek milliy akademik drama teatrida yordamchi aktyor, 200-yildan 2017-yilga qadar - O‘zbek Milliy Akademik drama teatrida aktyor sifatida faoliyat yuritgan. 2017-yildan hozirgi kunga qadar Oʻzbek Milliy Akademik drama teatrida direktor oʻrinbosari sifatida faoliyatini davom ettirib kelmoqda.

Asadillo Nabiyev Milliy teatrda 2007-yildan buyon aktyor sifatida ishlab kelmoqda. U yerda sahnalashtirilgan koʻplab spektakllarda asosan bosh rollarni ijro etib keladi. Jumladan, „Yorug‘lik va yovuzlik“da Masxaraboz, „Gamlet“da Ganzato, „Alisher Navoiy“da Jaloliddin, „Makr va Muhabbati“da Vurm, „Tun albatta o‘tadi“da Diplomat, „Sohibqiron“da Buqalamun, „Uch kunlik dunyo“da Abror, „Adibning umri“da Kapitan Ivanov, „Usmon Nosir“da Klyopov, „Neksiya“da Dilshod, „Hasrat bog‘i“da Azimjon, „Chegara ustidagi uy“da Diplomat, Sapyorlar kapitani, „Padarkush“da Xayrullo, „Bevalar“da Pardayev, „Xalala“da Xilmi, „Uvaysiy“da Chopar oshiq, „Sulton Jaloliddin“da Abu Zayd, „Bor ekanda, yo‘q ekan“da Cho‘pon, „Talvasa“da Uy xaridori, „Choliqushi“da Rashid Nozim, „Kichkintoy Karlson“da Karlson, „Sizsiz o‘tmas kunlarim“da Ismoil, „Rustam“da Farmon, „Ogoh bo‘ling, odamlar“da Akbar, „Omon bo‘lgin, azizim“da Garve, „Quyoshni sen uyg‘otasan“da Qodir, „Taqdir sinovlari“da Butunvoy, „Tanxo yulduz“da Shavkat, „O‘tkan kunlar“da Tabib, „Tong otgan taraflar“da Alpomish, „Zamindan olis ketma“da Raxim, „Kuzgi maktublar“da O‘lmas Umarbekov, „Alisher Navoiy“da Soxibdoro, „Mirzo Ulug‘bek“da Abdullativ, „Tartyuf“da Argon, „Semurg‘“da Xon kabi obrazlarni yaratgan[1].

Aktyor baddiiy va videofilmlarda ham rollar ijro etgan. „Notanish polvon“da Nomoz polvon, „Gulxan atrofidagilar“da Zarif, „Tutash taqdirlar“da Jasur, „Munis onam“da Xikmat, „Burilari“da ota, „Pushaymon“da Zafar, „Qora ko‘zlar“da Aka, „Ochiq dars“da Talaba, „Baxt qadri“da Shokir, „Nomus“da Gʻayrat, „Sevinch“da Doktor, „Mexmonjonlardan aylanay“da Odamboy, „Sehrli uzuk“da Oshiq, „Baloyi nafs“da Kotib, „Gumon“da O‘tkir, „Janob xech kim“da Komilboy, „Farishta“sida Murod, „Dada“da Hikmat, „Muhabbat majorasi“da Rustam, „Binafshalar diyori“da, „Tugun“da Azamat, „Sadoqat“da Er kabi badiiy film, serial va videofilmlarda turli qiyofalarni yaratgan. Bundan tashqari „Otalar so‘zi – aqlning ko‘zi“ va „Dengizdan tomchi“ ko‘rsatuvlarida ijodiy faoliyatini olib boradi.

2014-yil Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist unvoni bilan taqdirlangan[2]. 2021-yili esa unga „Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30-yilligi“ koʻkrak nishoni topshirilgan.

  1. „Асадулла Набиев“. kino-teatr.ru. Qaraldi: 21-noyabr 2024-yil.
  2. „Culture 27/11/2014 President awards workers of National Dramatic Theatre“. uzdaily.uz. Qaraldi: 21-noyabr 2024-yil.