[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Araxnofobiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Araxnofobiya
Koʻpchilik araxnidlar zararsiz bo'lsa-da, araxnofobiya bilan ogʻrigan odam vahima qoʻzgʻatishi yoki bezovta boʻlishi mumkin. Baʻzan, hatto oʻrgimchakka oʻxshash obyekt ham araxnofobik odamda vahima qoʻzgʻatishi mumkin. Yuqoridagi tasvir multfilm "Little Miss Muffet" boʻlib, undagi qahramon oʻrgimchakdan "qoʻrqib ketgan".
Mutaxassislik Psixiatriya
Sabablari Aniq emas
Davolash EHM terapiyasi[1]

Araxnofobiya — oʻrgimchakdan va boshqa araxnidlar, jumladan, chayonlardan irratsional tarzda qoʻrqish tufayli kelib chiqadigan oʻziga xos fobiya[2].

Belgi va simptomlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Araxnofobiyasi bor boʻlgan odamlar oʻrgimchaklar yashaydigan yoki ularning mavjudligini koʻrsatadigan alomatlar, masalan, oʻrgimchak toʻrlari boʻlgan har qanday hududda oʻzlarini noqulay his qilishadi. Agar araxnofob — araxnofobiyaga uchragan odam biron joyda oʻrgimchakni koʻrsa, koʻpincha fobiya sababli yuzaga keluvchi vahimani yengmaguncha shu joyga kirmasligi mumkin. Baʼzilari esa oʻrgimchaklar yoki ularning toʻrlari yaqinidagi hududlarda bevosita boʻlishsa, qichqirishadi, yigʻlashadi, hissiyotlarning birdan avj olishi, nafas olish bilan bogʻliq muammolar, terlash va yurak urish tezligini oshishini boshdan kechirishadi. Baʼzi ekstremal holatlarda, hatto oʻrgimchak rasmi, oʻyinchoq yoki oʻrgimchakning chizilgan nusxasi ham kuchli qoʻrquvni keltirib chiqarishi mumkin.

Araxnofobiya qadimgi odamlarga omon qolishga yordam bergan instinktiv reaksiyaning boʻrttirilgan shakli[3] yoki, asosan, Yevropa jamiyatlarida keng tarqalgan madaniy hodisa boʻlishi mumkin[4].

Fobiyaning evolyutsion sababi haqida aniq bir qarorga kelinmagan. Bu haqida bir necha qarashlar mavjud. Ularning biriga koʻra, ayniqsa, evolyutsion psixologiyada, zaharli oʻrgimchaklarning mavjudligi oʻrgimchaklardan qoʻrqishning rivojlanishiga olib keladi yoki ularga nisbatan qoʻrquvning paydo boʻlishini tezlashtiradi. Barcha belgilar singari oʻrgimchaklardan qoʻrqish intensivligida oʻzgaruvchanlik mavjud va kuchliroq qoʻrquvga ega boʻlganlar fobik deb tasniflanadi. Nisbatan kichik boʻlgan oʻrgimchaklar hajm hisobga olinadigan hayvonot olamida xavf uchun odatiy mezonga mos kelmaydi, ammo ular tibbiy jihatdan ahamiyati bor zaharga ega boʻlishi va/yoki oʻz paypaslagichlari bilan terining tirnalishini keltirib chiqarishi mumkin[5]. Biroq fobiya mantiqiy qoʻrquvdan farqli ravishda irratsional qoʻrquvdir[2].

Qadimda atrofi oʻrgimchaklardan holi boʻlishini taʼminlash orqali araxnofoblar chaqilish xavfini kamaytirgan boʻlishlari va bu ularga araxnofobi boʻlmaganlarga nisbatan omon qolishda biroz ustunlik bergan boʻlishi mumkin. Biroq Homo sapienslar evolyutsion moslashuvchanlik muhitida mavjud boʻlgan boshqa potentsial xavfli mavjudotlarga[6] nisbatan oʻrgimchaklardan nomutanosib qoʻrqishi bir qancha kamchiliklarga ega boʻlishi mumkin. 

Psixiatr Randolph M. Nessening taʼkidlashicha, elektr rozetkalari kabi evolyutsion jihatdan yangi xavfli obyektlarga shartli qoʻrquv bilan reaksiya bildirish ehtimoli boʻlsa-da, moslashish jarayoni sekinroq boradi, chunki bunday signallarning oldindan qoʻrquvga aloqasi yoʻq, masalan, tezlikni oshirish va mast holda haydash xavfiga qaratilgan eʼtibor qaramay, faqatgina haydovchilik darslari transport toʻqnashuviga qarshi ishonchli himoyani taʼminlay olmaydi. Buni quyidagi statistikada koʻrish mumkin: 2014-yilda AQShda 15 yoshdan 24 yoshgacha boʻlgan barcha oʻlimlarning deyarli toʻrtdan biri transport toʻqnashuvi sababli sodir boʻlgan[7]. Nesse, psixiatr Isaak Marks va evolyutsion biolog Jorj C. Uilyams turli xil adaptiv fobiyalarga (masalan, araxnofobiya, ophidiofobiya, bazofobiya) muntazam ravishda javob bermaydigan odamlar temperament jihatdan beparvo va potensial oʻlimga olib kelishi mumkin boʻlgan baxtsiz hodisalarga duch kelishlarini va bunday kamyob fobiyani ayrim genetik oqibatlari tufayli „gipofobiya“ deb tasniflashni taklif qiladilar[8][9][10][11].

2001-yilda oʻtkazilgan tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, odamlar gullar va qoʻziqorinlar tasvirlari orasidan oʻrgimchaklarning tasvirlarini oʻrgimchaklar tasvirlari orasidan gullar yoki qoʻziqorinlar tasvirlarini tezroq topishlari mumkin. Tadqiqotchilarning fikriga koʻra bu oʻrgimchaklarga nisbatan tez reaksiya bildirish inson evolyutsiyasiga koʻproq mos kelishi bilan bogʻliq[12].

Muqobil nuqtai nazarga koʻra oʻrgimchaklar kabi xavf tugʻdirishi mumkin boʻlgan mavjudotlar ortiqcha baholanadi va ular evolyutsiyaga taʼsir qilish uchun yetarli emas.Buning oʻrniga fobiyani meros qilib olish yordam berishdan koʻra omon qolish imkoniyatlariga cheklovchi va zaiflashtiruvchi taʼsir koʻrsatadi.Papua New Guinea va Cambodia kabi ayrim jamiyatlarda oʻrgimchaklar anʼanaviy ovqatlar roʻyxatiga kiritilgan. Bu shuni koʻrsatadiki, araxnofobiya hech boʻlmaganda qisman genetik xususiyatdan koʻra madaniy xususiyat boʻlishi mumkin[13][14].

Oʻrgimchaklardan qoʻrqishni oʻziga xos fobiyalar uchun tavsiya etilgan har qanday umumiy usullar bilan davolash mumkin. Davolashning birinchi yoʻnalishi — sistematik desensitizatsiya — taʼsir qilish terapiyasi sifatida ham maʼlum[1]. Tizimli desensitizatsiya bilan shugʻullanishdan oldin araxnofobiya bilan ogʻrigan odamni boʻshashtiruvchi mashqlar bilan shugʻullantirish odatiy hol boʻlib, bemorni tinchlantirishga yordam beradi. Tizimli desensitizatsiya in vivo (jonli oʻrgimchaklar bilan) yoki odamni oʻrgimchaklar bilan bogʻliq vaziyatlarni tasavvur qildirish, soʻngra taʼsirlangan odam uchun oʻrgimchaklar bilan oʻzaro aloqani modellashtirish va oxir-oqibat haqiqiy oʻrgimchaklar bilan aloqa qildirish orqali amalga oshirilishi mumkin. Bu usul odatda koʻproq vaqt talab qilsa-da, bitta seansda samarali boʻlishi mumkin[15].

Texnologiyadagi soʻnggi yutuqlar terapiyada virtual yoki kengaytirilgan haqiqat oʻrgimchaklaridan foydalanishga imkon berdi. Ushbu texnikalar samarali ekanligi isbotlangan[16]. Oʻrgimchak-odam filmlaridan qisqa lavhalarni tomosha qilish odamning araxnofobiyasini kamaytirishga yordam berishi mumkinligi haqida taxminlar bor[17].

Epidemiologiya

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Araxnofobiya dunyo aholisining 3,5-6,1 foiziga taʼsir qiladi[18].

  1. 1,0 1,1 Sperry, Len. Mental Health and Mental Disorders: An Encyclopedia of Conditions, Treatments, and Well-Being [3 volumes: An Encyclopedia of Conditions, Treatments, and Well-Being] (en). ABC-CLIO, 2015 — 430-bet. ISBN 9781440803833. 
  2. 2,0 2,1 „The Fear Factor: Phobias“.
  3. Friedenberg, J.. Cognitive Science: An Introduction to the Study of Mind. SAGE, 2005 — 244–245-bet. ISBN 1-4129-2568-1. Qaraldi: 2008-yil 11-oktyabr. 
  4. Davey, G.C.L. (1994). „The "Disgusting" Spider: The Role of Disease and Illness in the Perpetuation of Fear of Spiders“. Society and Animals. 2-jild, № 1. 17–25-bet. doi:10.1163/156853094X00045.
  5. Isbister, Geoffrey; White, Julian (April 2004). „Clinical consequences of spider bites: recent advances in our understanding“. Toxicon. 43-jild, № 5. 477–92-bet. doi:10.1016/j.toxicon.2004.02.002. PMID 15066408. Qaraldi: 7-dekabr 2020-yil.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  6. Gerdes, Antje B.M.; Uhl, Gabriele; Alpers, Georg W. (2009). „Spiders are special: fear and disgust evoked by pictures of arthropods“ (PDF). Evolution and Human Behavior. 30-jild. 66–73-bet. doi:10.1016/j.evolhumbehav.2008.08.005.
  7. Nesse, Randolph. Good Reasons for Bad Feelings: Insights from the Frontier of Evolutionary Psychiatry. Dutton, 2019 — 75–76-bet. ISBN 978-1101985663. 
  8. Nesse, Randolph. Why We Get Sick: The New Science of Darwinian Medicine. New York: Vintage Books, 1994 — 212–214-bet. ISBN 978-0679746744. 
  9. Nesse, Randolph M. „32. Evolutionary Psychology and Mental Health“, . The Handbook of Evolutionary Psychology, 1st Buss: , Hoboken, NJ: Wiley, 2005 — 911–913-bet. ISBN 978-0471264033. 
  10. Nesse, Randolph M. „43. Evolutionary Psychology and Mental Health“, . The Handbook of Evolutionary Psychology, Volume 2: Integrations, 2nd Buss: , Hoboken, NJ: Wiley [2005], 2016 — 1014-bet. ISBN 978-1118755808. 
  11. Nesse, Randolph. Good Reasons for Bad Feelings: Insights from the Frontier of Evolutionary Psychiatry. Dutton, 2019 — 64–74-bet. ISBN 978-1101985663. 
  12. Öhman, A., Flykt, A., & Esteves, F. (2001). „Emotion drives attention: Detecting the snake in the grass“. Journal of Experimental Psychology: 130 (3), 466-478.
  13. Wagener, Alexandra L.; Zettle, Robert D. (2011). „Targeting Fear of Spiders With Control-, Acceptance-, and Information-Based Approaches“ (PDF). The Psychological Record. 61-jild, № 1. 77–91-bet. doi:10.1007/BF03395747. 2011-06-14da asl nusxadan (PDF) arxivlandi.
  14. Ohman, A; Mineka, S (2001). „Fears, Phobias, and Preparedness: Toward an Evolved Module of Fear and Fear Learning“ (PDF). Psychological Review. 108-jild, № 3. 483–522-bet. doi:10.1037/0033-295X.108.3.483. PMID 11488376.
  15. Ost, L. G. (1989). „One-session treatment for specific phobias“. Behaviour Research and Therapy. 27-jild, № 1. 1–7-bet. doi:10.1016/0005-7967(89)90113-7. PMID 2914000.
  16. Bouchard, S.; Côté, S.; St-Jacques, J.; Robillard, G.; Renaud, P. (2006). „Effectiveness of virtual reality exposure in the treatment of arachnophobia using 3D games“. Technology and Healthcare. 14-jild, № 1. 19–27-bet.
  17. Gabe Friedman. „Israeli Researchers: "Spider Man" movies decrease Spider Phobia“. Arutz Sheva (25-aprel 2019-yil). Qaraldi: 25-aprel 2019-yil.
  18. Schmitt, WJ; Müri, RM (2009). „Neurobiologie der Spinnenphobie“. Schweizer Archiv für Neurologie. 160-jild, № 8. 352–355-bet. 23-avgust 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()