[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Akejan Kajegeldin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Акежан Магжанович Кажегельдин
Әкежан Мағжанұлы Қажыгелдин
 Qozogʻiston Bosh vaziri
Mansab davri
1994-yil 14-oktyabrdan – 1997-yilgacha 14-oktyabrgacha
Prezident Nursulton Nazarboyev
Oʻtmishdoshi Sergey Tereshchenko
Vorisi Nurlan Balgimbayev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 27-mart 1952-yil (1952-03-27) (72 yosh)
Semipalatinsk
Mukofotlari

Akejan Magjanovich Kajegeldin (qozoqcha: Әкежан Мағжанұлы Қажыгелдин; rod. 27-mart 1952) – Qozogʻiston sobiq Bosh vaziri, muxolifatchi[1].

1974-yilda – Semipalatinsk pedagogika institutini tugatgan va Sovet armiyasida xizmatini boshlagan.

19741978 – Semipalatinsk viloyatidagi KGB harbiy qismida oʻqituvchi.

1985-yilda Olmaota milliy iqtisodiyot Instituti tarix oʻqituvchisi.

19791984-yillarda – Kalinin tumani partiya qoʻmitasi rahbari, Semipalatinsk shahar boshqarma boshligʻi.

19851987-yillarda Kirov tumani ijroiya qoʻmitasi raisi.

19871989 – SSSR KGB boshqaruv xodimlari tayyorlash Oliy maktabi tinglovchisi.

1989-1992 – Semipalatinsk qurilish boshqarmasi direktori.

1990 – „Toman“ OAJ Bosh direktori.

19901992 – „Oil“ OAJ bosh direktori.

19911992 – Semipalatinsk viloyati ijroiya qoʻmitasi raisi.

1992-1993 – Qozogʻiston Prezidenti huzuridagi tadbirkorlar kengashi raisi.

19931995 – Qozogʻistona Prezidenti huzuridagi tadbirkorlar ittifoqi raisi.

1993-1994-yillarda – Qozogʻiston Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari.

1994-yildan 1997-yilgacha – Qozogʻiston Bosh vaziri.

1997-1998 – QR Prezidentining maslahatchisi.

1998-yilda prezidentlik saylovlarida nomzodi eʼlon qildi.

1998-yildan – Qozogʻiston Respublika xalq partiyasi raisi, 2001-yilgacha mazkur demokratik partiya siyosiy Kengashi aʼzosi.

1999-yilda bir qator jinoyatlarda aybdor deb topilib, unga xalqaro qidiruv eʼlon qilindi[2].

2001-yil 13-iyulda sobiq bosh vazir Akejan Kajegeldinga qarshi jinoiy ish nihoyasiga yetdi. Hokimiyat va mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilish, tovlamachilik va millionlab dollar miqdoridagi pora olish, davlatga yuzlab milliard tenge zarar yetkazganlikda, qurol va oʻq-dorilarni noqonuniy sotib olish, saqlash va oʻtkazish, soliq toʻlashdan boʻyin tovlaganlikda ayblandi.

2001-yil 6-sentyabrda Qozogʻiston Respublikasi Oliy sudi hukmiga koʻra, AQShda yashayotgan Kajegeldinga jazoni umumiy rejimdagi axloq tuzatish-mehnat koloniyasida oʻtash va mol-mulki musodara qilingan holda 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Interpol Bosh kotibi Ronald Noblening 2002-yil 11-iyundagi qarori bilan unga nisbatan qoʻyilgan ayblovlar bilan bogʻliq barcha maʼlumotlar Interpol axborot tizimidan oʻchirildi. Oʻsha kuni Strasburgda, Yevropa Parlamenti sessiyasida Akejan Magjanovich Kajegeldin „Ozodlik pasporti“ bilan taqdirlandi. Unga Yevropa Parlamentining 15 deputati, turli mamlakatlar va siyosiy partiyalar vakillari imzo chekdi.