[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Adenozintrifosfat kislota

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Adenozintrifosfat kislota, ATF — adenin, riboza va uch molekula ffosfat kislotadan tarkib topgan organik modda. Organizmda katta ahamiyatga ega boʻlgan energiya va moddalar almashinuvida ishtirok etadi. Adenozintrifosfat kislota barcha biokimyoviy jarayonlarda va tirik organizmlarda fermentlarni hosil qilish uchun asosiy energiya manbai hisoblanadi. Adenozintrifosfat kislota organizm xujayralarida doimo sintezlanib va isteʼmol qilinib turadi. Adenozintrifosfat kislota oʻzining pirofosfat bogʻlarida koʻp energiya saqlaydi (makroergik bogʻlar). U xujayra mitoxondriya moddalarning aerob va anaerob oksidlanishi natijasida ajralib chiqqan energiyani fosforlash yoʻli bilan makroergik fosfat bogʻlari shaklida toʻplaydi va organizmning energiyaga ehtiyoji boʻlgan hamma jarayonlarini energiya bilan taʼminlaydi. ATF organizmda murakkab moddalar sintez reaksiyalarida qatnashadi:biologik membranalarorqali molekulalarda moddalarning faol oʻtkazilishini amalga oshirish, shu jumladan transmembranalarda elektr potensialini yaratish va mushaklarning qisqarilishini amalga oshirish. Energiya bilan bir qatorda ATF inson tanasidagi boshqa bir qator muhim vazifalarni bajaradi:boshqa nukleosid trifosfatlar bilan birgalikda ATF nuklein kislotalarni sintez qilishda asosiy boshlangʻich mahsulotdir. ATF juda koʻp biokimyoviy jarayonlarni tartibga solishda muhim oʻrin tutadi. Bir qator fermentlarning allosterik effektori sifatida ATF ularning tartibga solish markazlariga qoʻshilib, ularning faolligini oshiradi yoki butunlay toʻsqinlik qiladi. Adenozintrifosfat kislota parchalanishi natijasida 8- 11 kkal/mol energiya ajralib chiqadi. U muskullarlar, achitqidan olinadi, sintetik usulda ham tayyorlanadi.

ATF — 1929-yilda bir guruh olimlar: Karl Loman, Sayrus Fiski va Yelloprogado Subbarao tomonidan kashf qilingan va 1941-yilda Fritz Lipman ATF hujayralardagi asosiy energiya tashovchisi ekanligini aniqlagan.

Formulasi:

Molyar massasi:507,18g/mol

Zichligi:1,04g/sm3

Erish temperaturasi:187C

Voet D, Voet JG. Biochemistry Vol 1 3rd ed (eng.). — Wiley: Hoboken, NJ., 2004

Lodish, H, Berk A, Matsudaira P, Kaiser CA, Krieger M, Scott MP, Zipursky SL, Darnell J. Molecular Cell Biology, 5th ed (eng.). — New York: WH Freeman, 2004.