[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Adabiyot va sanʼat nashriyotidan yoʻnaltirildi)

Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi — Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi tizimiga kiradi. Oʻzdavnashrning adabiy-badiiy boʻlimlari negizida 1957-yil „Adabiyot va sanʼat nashriyoti“ nomi bilan tashkil etilgan.

1964-1966-yillarda ushbu nashriyot „Toshkent“ badiiy adabiyot nashriyoti, 1966-yildan esa „Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti“ deb nomlangan.

2002-yil 10-apreldan [[„Yozuvchi“ nashriyoti]] (1990-yildan faoliyat koʻrsatgan) va Rangli bosma fabrika bilan birlashtirilib, Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi tashkil etilgan.

Asosiy faoliyat yoʻnalish mumtoz, hozirgi zamon va jahon adabiyoti namunalari, bolalar adabiyoti, ommabob va sanʼatga oid turli kitob va albomlar, risolalar, darsliklar, buklet va plakatlar chop etishdan iborat.

Nashriyotda Alisher Navoiyning 15 jildli asarlari, Firdavsiyning „Shohnoma“ asari, Mashrab, Bedil, Bobur, Nodira, Uvaysiy, Furqat kabi oʻzbek mumtoz shoirlarining, Abdulla Qodiriy, Choʻlpon, Fitrat, Usmon Nosir, Gʻafur Gʻulom, Oybek, Mirtemir, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov kabi yozuvchi va shoirlarning asarlari chop etilgan.

Kitob grafikasi maktabini yaratgan rassomlar: I. Kiriakidi, A. Bobrov, A. Mamajonov. D. Sirin, M. Kagarov va boshqalar albom, plakat, bukletlar va turli alabiyotlarni badiiy tomondan bezashda faol qatnashgan. Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi 2004-yilda 130 nomda 2120 ming nusxada kitob nashr etgan.