[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Anilidlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Anilidlar, C6H5NHCOR – anilin va turli radikalli karbon kislotalarning hosilalari. Bu moddalar ani-linning amin guruhidagi bitta vodorod atomi kislota qoldigʻi (atsil guruhi) bilan almashinishi natijasida hosil boʻladi, masalan:C6H5NHCOCH3 – atsetanilid C6H5NHCOC6H5 – benzanilid C6H5NHCHO – formanilid anilidlar suyultirilgan kislota yoki ishqor taʼsirida anilin va karbon kislotaga parchalanadi. Koʻp anilidlar tibbiyotda dori sifatida, qishloq xoʻjaligida esa begona oʻtlarga qarshi kurashda (karsil, solan va boshqalar) ishlatiladi. Ayrim anilidlar azoboʻyoqlarning komponenti sifatida va kinofotomateriallar ishlab chiqarishda qoʻllanadi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil