[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Angioma

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Angioma (angio… va yun. ota – oʻsma) – qon yoki limfa tomirlarida paydo boʻladigan xavfsiz oʻsma. Odatda, bolaning ona qornidagi davrida tomirlarning notoʻgʻri oʻsishidan vujudga keladi. Koʻpincha terida (yuz yoki badandagi nor), baʼzan jigar, miya va boshqa aʼzo hamda toʻqimalarda uchraydi. Kapillyar, govaksimon va shoxsimon A. boʻladi. Elektrokoagulyatsiya, rentgen va radioaktiv nurlar hamda jarrohlik usuli bilan yoʻqotiladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil