Amerika davlatlari taraqqiyot banki
Amerika davlatlari taraqqiyot banki (Inter American Development Bank) — Lotin Amerikasi mamlakatlarini rivojlantirish dasturlarini moliyalash uchun xizmat qiladigan davlatlararo mintaqaviy bank, Amerika Davlatlari Tashkilotining mintaqaviy muassasasi. 1959-yilda tashkil etilgan. Boshqaruvi Vashingtonda. Bankning rahbar organi — 5 yilga saylanadigan boshqaruvchilar Kengashi. Joriy rahbarlikni direktorat olib boradi. 44 davlat aʼzo (25 tasi Lotin Amerikasi davlatlari, 19 tasi boshqa mintaqalardan, jumladan Yevropadan 14, Osiyodan 2 mamlakat). Aʼzo davlatlarning badallari miqdori turlicha. Dastlab bankning Ustav kapitali 1 mlrd. AQSH dollari miqdorida belgilangan, 1972-yilda 10 mlrd.dollarga yetdi. Ovozlarning 34,5% AQShga tegishli. Bank kredit resurelarini asosan xalqaro kapital bozorlaridan safarbar etadi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |