[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

A Boogie wit da Hoodie

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
A Boogie wit da Hoodie
Tavalludi Artist Julius Dubose
6-dekabr, 1995-yil
Nyu York, Qo'shma Shtatlar.
Janrlar Hip hop
Kasbi reper • muallif • qo'shiqchi
Faoliyat yillari 2015–hozirgacha
Leybllar Highbridge The Label • Atlantic
Fuqaroligi AQSh
Veb-sayt http://aboogiehbtl.com/

Artist Julius Dubose (1995-yil 6-dekabrda tugʻilgan), professional ravishda A Boogie wit da Hoodie (yoki oddiygina A Boogie) nomi bilan tanilgan, amerikalik reper, qoʻshiqchi va qoʻshiq muallifi. U Atlantic Records bilan shartnoma imzolangan, shuningdek, oʻzining „Highbridge the Label“ leybliga ega. Uning sahna nomi 2002-yilda suratga olingan „Paid in Full“ filmidagi „Ace Boogie“ qahramonidan olingan va uning kiyinish uslubi sababli doʻstlari unga „A Boogie wit da Hoodie“ laqabini berishgan[1].

Uning eng yuqori reytingdagi singllari: „Numbers“ (u Billboard Hot 100 roʻyxatida 23-oʻrinda debyut qilgan), „Look Back at It“ (27-oʻrin) va „Drowning“ (38-oʻrin)[2]. Uning debyut studiya albomi The Bigger Artist (2017) Billboard 200 chartida toʻrtinchi oʻrinda debyut qilgan. U oʻzining ikkinchi studiyaviy albomi Hoodie SZNni chiqardi, bu uning Billboard 200-dagi birinchi raqamli albomi boʻldi. Uning uchinchi studiyaviy albomi Artist 2.0 (2020) Billboard 200da ikkinchi oʻrinda debyut qildi[3]. U oʻzining toʻrtinchi studiyaviy albomi A Boogie vs. Artistni 2022-yilda chiqarmoqchi.

A Boogie 1995-yil 6-dekabrda Nyu-York shahridagi Bronksda tug‘ilgan[4] . Taniqli reperlar Kanye West va 50 Cent kabi reperlardan ilhomlanib 12 yoshida rep ijro qilishni boshlagan. U Clinton oʻrta maktabida oʻqigan va u yerda birinchi kursda rep bilan shugʻullangan, tushlik vaqtida yozgan qofiyalarini ijro etib, oʻzi bilan olib yurgan katta daftarida saqlagan. XXLda oʻrta maktabida oʻqigan vaqti eslab rep ijro qilgan, u „Men oddiy edim, hamma meni payqab qoldi. Men sinfning orqa tomonida edim, jim“.

Oʻsib ulgʻaygan reper, asosan, nasha va giyohvand moddalarni sotish uchun tez-tez huquqiy muammolarga duch keldi. Uning nima qilayotganini bilib, A Boogiening ota-onasi uni jazo sifatida Floridaga yuborishdi. U Florida shtatidagi Fort Piierce shahridagi oʻrta maktabni tugatgan. U Floridada uy qamogʻida saqlangan. Bu davrda u oʻzining ijodi ustida ishlab, oʻz-oʻzidan tuzilgan qofiyalarni oʻzgartirishni boshladi. U hatto oʻzi yashayotgan xonadon ichida havaskor studiyasini qurgan. Oʻrta maktabni tugatgandan soʻng, u turli sohalarda, jumladan, qurilish va pitsa yetkazib berishda ishlagan holda musiqaga eʼtiborini qaratishda davom etdi.

Highbridge leybli

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Highbridge the Label — A Boogie wit da Hoodie, Don Q va boshqa reperlar tomonidan 2016-yilda asos solingan Amerika yozuv leybli. Highbridge the Label Atlantic Records bilan hamkorlik qilib, sanʼatkorlarni nazorat qilish uchun shartnoma imzoladi.

Ijodkor Qoʻshilgan yili
A Boogie wit da Hoodie (founder) 2016
Don Q] 2016
Trap Manny 2017
Enisa 2020
Lil Rekk 2020
Bouba Savage 2021

Studio albums

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yil Albom detallari
2017 A Boogie wit da Hoodie — The Bigger Artist
  • Chiqarilgan: 29-sentabr, 2017
  • Leybl: Highbridge the Label, Atlantic Records
2018 A Boogie wit da Hoodie — Hoodie SZN
  • Chiqarilgan: 21-dekabr, 2018
  • Leybl: Highbridge the Label, Atlantic Records
2020 A Boogie wit da Hoodie — Artist 2.0
  • Chiqarilgan: 14-fevral, 2020
  • Leybl: Highbridge the Label
2022 A Boogie wit da Hoodie — A Boogie vs Artist
  • Chiqarilgan: 4-noyabr, 2022
  • Leybl: Highbridge the Label, Atlantic Records
Yil Nomi Rol Eslatma
2018 The After Party A Boogie Shaxsiy obrazi
Yil Nomi Rol Eslatma
2017-18 Hype Up A Boogie 2 Episodes
2018 Droppinʼ Cash Los Angeles A Boogie Season 1, Episode 17
2018 Wild 'n Out A Boogie Season 10, Episode 15
2019 Late Night with Seth Meyers A Boogie Season 6, Episode 58 (Mehmon)
2020 The Tonight Show Starring Jimmy Fallon A Boogie Season 7, Episode 106 (Mehmon)
2022-Hozirgacha The Proud Family: Louder and Prouder Francis „KG“ Leibowitz-Jenkins (voice) Yordamchi rol

Mukofotlar va nominatsiyalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yil Nomzod / ish Mukofot Natija
BET Awards 2018 A Boogie wit da Hoodie Best New Artist Nominatsiya
Yil Nomzod / ish Mukofot Natija
2020 "Look Back at It" Nominated for Rhythm & Soul Music Nominatsiya
Nominated for Pop Music Nominatsiya
  1. „Who is A Boogie Wit Da Hoodie? Bronx rapper leads the hip-hop and R&B charts“ (en). Newsweek. Qaraldi: 2018-yil 4-mart.
  2. „A Boogie Wit Da Hoodie – Chart history: Hot 100“. Billboard. Qaraldi: January 2, 2019.
  3. „A Boogie Wit Da Hoodie“. HotNewHipHop.com. Qaraldi: 2020-yil 25-fevral.
  4. Jeffries, David „A Boogie wit da Hoodie – Biography“. AllMusic. RhythmOne. 2018-yil 8-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 8-fevral.