[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Choʻrtansimonlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Choʻrtansimonlar
Biologik klassifikatsiya
Olam: Hayvonlar

Choʻrtansimonlar (Esocidae) -losossimonlar turkumiga mansub baliklar oilasi[1]. 1 urugʻga mansub 5 turi maʼlum. Yer yuzida keng tarqalgan. Qora, Azov, Kaspiy, Orol, Boltiq, Oq, Barens va Oxota dengizlarida ham uchraydi. Boshi katta, tumshugʻi choʻziq, yassi. Ogʻiz boʻshligʻidagi suyaklar va tili mayda tishlar bilan qoplangan. Tangachalari mayda. Tipik vakili odsiy choʻrtan baliq gavdasi 1,5 m gacha, ogʻirligi 35 kg dan ortiq. Usti kulrangyashil, kulrangsargʻish yoki qoʻngʻir boʻlib, qorni oq. Koʻndalangiga va uzunasiga oʻtgan yoʻllari va qoramtir xollari bor. Yelka, anal va dum suzgich qanoti qora xolli qoʻngʻir, koʻkrak hamda qorin suzgichi – sargʻishqizil. Koʻllarda, daryolarning tinch oqar va oʻsimlikka boy joylarida yakka yashaydi. Oʻzbekistonda Amudaryo va Sirdaryoda, Aydarkoʻlda uchraydi. 175–215 ming uvildiriq tashlaydi. Erkagi 3–4, urgʻochisi 5 yoshda voyaga yetadi. Yirtkich. Baliq, baqa, suv qushlari va boshqa bilan oziqlanadi. Soni keskin kamayib ketgan.

  1. „Tawny Eagle - Aquila rapax“ (deadlink). The Eagle Directory. 2016-yil 12-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 25-yanvar.