[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Chju Yuanchjan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Chju Yuanchjan (1328, Anxoy viloyati — 1398, Nankin) — Xitoy imperatori (1368-yildan). Min sulolasi asoschisi. Yersiz ijarador oilasida tugʻilgan. Yoshligida Budda rohibi boʻlgan. 1352-yil moʻgʻullarning Yuan sulolasiga qarshi Markaziy Xitoyda qoʻzgʻolon koʻtargan shaharlik boylardan Go Szisin otryadiga kirgan. 1355-yil bu rndagi vatanparvarlar qoʻzgʻolonining bosh rahbariga aylangan. Oʻz hokimiyati ostiga Markaziy, Sharqiy va Janubiy Xitoyning katta qismini hamda boshqa qoʻzgʻolonchi rahbarlar qoʻl ostidagi hududlarni birlashtirish yoʻli bilan Ch.Yu. 1368-yil yanvarda oʻzini imperator deb eʼlon qilgan. Shu yili uning koʻshinlari Yuan imperiyasi poytaxti Dadu (Pekin)ni egallab, moʻgʻul sulolasini agʻdarib tashlagan. Ch.Yu. podsholigi davrida mamlakat iqtisodiyotini tiklash yoʻlida bir qator islohotlar, avvalo qishloq xoʻjaligi sohasida amalga oshirilgan. Ch.Yu. ning ichki siyosati amaldorlarning oʻz mansablarini suiisteʼmol qilishlariga qarshi qaratilgan, shuningdek, yangi suloladan norozi boʻlgan barcha shaxslarga nisbatan qatagʻon siyosati yurgizgan.