Chevrolet Cobalt
Chevrolet Cobalt | |
---|---|
2009 Chevrolet Cobalt LT sedan | |
Asosiy maʼlumotlar | |
Ishlab chiqaruvchi |
AQSh: 2004-2010 Braziliya: 2011-shu kunga qadar Oʻzbekiston: 2012-shu kunga qadar |
Model yili | 2005 |
Oʻlchamlari | |
Uzunligi |
180.5 in (4,585 mm) (coupe) 180.3 in (4,580 mm) (sedan) |
Kengligi | 67.9 in (1,725 mm) |
Balandligi |
57.1 in (1,450 mm) (sedan) 55.5 in (1,410 mm) (coupe) |
Boshqa maʼlumotlar | |
Aloqador avtomobillar |
Chevrolet Cobalt — „General Motors“ tomonidan ishlab chiqilgan avtomobil. Ushbu avtomobil to‘rt turda ishlab chiqariladi.
„Cobalt“ 1,5 litr hajmdagi to‘rt silindrli, benzin bilan ishlaydigan 106 ot kuchi quvvatiga ega va 5 bosqichli mexanik uzatmali dvigatel bilan jihozlangan. 100 kilometrga taxminan 6,2 litr yoqilg‘i sarflaydi. Rivojlanib borayotgan bozorlarda bu avtomobil B turkumiga kiruvchi yagona model bo‘ladi. Bundan tashqari, uning 6 bosqichli avtomat transmissiya o‘rnatilgan rusumi ham mavjud.[1]
Besh kishi uchun mo‘ljallangan keng salonli avtomobil yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida yon tomonlari baland anatomik o‘rindiqlar bilan jihozlangan. Avtomobil konditsioner, quyma disklar, audiotizim, xavfsizlik yostiqchalari, elektr ko‘zgular va avtomatik transmissiya bilan jihozlangan.
Cobalt Oʻzbekistonda
[tahrir | manbasini tahrirlash]Chevrolet Cobalt Andijonning Asaka zavodida yig‘ilib unga O‘zbekistondagi General Motors Powertrain Uzbekistan zavodida ishlab chiqarilgan hajmi 1,5 litr va 105 ot kuchiga ega bo‘lgan DOHC motori o‘rnatilgan. Bu motor 100 kilometrga 6,2 litr yonilg‘i sarflaydi. „GM Uzbekistan“ qo‘shma korxonasi Chevrolet Cobalt avtomobilini O‘zbekistonda 2012-yil 5 sentyabrda taqdim qilgan.
2013-yilda O‘zbekistonda 120 mingdan ziyod Chevrolet Cobalt ishlab chiqarish va uning yarmidan ko‘pini xorijga eksport qilish rejalagan.[2]