[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Cheshir Mushugi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Cheshir Mushugi
Cheshire Cat
Portret
Cheshir Mushugi (John Tanniel tomonidan tasvirlangan illyustratsiya)
Ijodkor: Lewis Carroll
Asarlari: „Alisa mo‘jizalar mamlakatida“
Jinsi: Erkak
Vikiombori Vikiombordagi fayllar

Cheshir Mushugi (inglizcha: Cheshire Cat) — Lewis Carrollning „ Alisa moʻjizalar mamlakatida“ kitobidagi qahramon. Doimo tabassum qilib turuvchi mushuk, oʻz xohishiga koʻra teleportatsiya qila oladi, xayrlashuv oldidan havoda faqat tabassum qoldirgan holda tezda yoki aksincha sekin-asta koʻzdan gʻoyib boʻla oladi.

Mushuk nafaqat Alisani qiziqtiradigan suhbatlar bilan, balki baʼzan juda zerikarli falsafiy uydirmalar bilan ham band qiladi. Muallifning „yurtdoshi“ boʻlgan yagona qahramon — Cheshir (Chestershir) fuqarosi boʻlgan.

Obrazning kelib chiqishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lewis Carroll kitobining asl nusxasida Cheshir Mushugi tasvirlanmagan edi. Mushuk asarda faqat 1865-yilda paydo boʻlgan. Oʻsha vaqtlarda „Cheshir mushugi kabi tirjayadi“ iborasi tez-tez ishlatilgan. Ushbu iboraning kelib chiqishi haqida turli xil talqinlar mavjud. Quyida ulardan uchtasi keltirilgan:

  1. Carroll tugʻilgan Cheshir grafligida shu paytgacha nomaʼlum boʻlgan rassom taniqli oila uyining eshiklarga jilmayib turgan mushuklar rasmini chizgan. Tarixiy jihatdan, bu rasmlarda sherlar (yoki qoplon) jilmaygani tasvirlangan, ammo Cheshirda sherlarni uchratmaysiz.
  2. Ikkinchi versiyada („Notes and Queries“, № 55, Nov. 16, 1850) aytilishicha, Cheshirdagi har ikkinchi fermada sigir boqilganligi va Cheshir nomli pishloq ishlab chiqarilganligi sababli, hudud sut va qaymoqqa toʻla boʻlgan, bundan esa mushuklar faqatgina quvongan[1].
  3. Pishloq ishlab chiqaruvchilar ularni jilmayib turgan mushuk shaklida tayyorlashgan. Yaʼni odamlar pishloqni „dumidan“ yeyishni boshlagan, uning „kulgusi“ esa ohiri boʻlib gʻoyib boʻlgan[2].

„O‘ylab topilgan mavjudotlar kitobi“ (Book of fictional creatures) kitobidagi „Cheshir mushugi va Kilkenni mushuklari“ (The Cheshire Cat and the Kilkenny Cats) boʻlimda George Louis Borges shunday deb yozadi:

Ingliz tilida „grin like a Cheshire cat” (Cheshir mushugi kabi tirjaymoq) iborasi mavjud. Bunday ibora ishlatilishi sabablarining turli talqinlari maʻlum. Ulardan biri Cheshirda kulib turgan mushukning boshiga o‘xshagan shaklda pishloqlar sotilgan. Ikkinchi talqinda: Cheshir kichik graflik boʻlsada katta qudratga ega bolgan shu sabab „hatto mushuklar ham tabassum qilgan”. Yana bir talqinda Richard III davrida Cheshirda brakonyerlarni tutganida daxshatli jilmayadigan Caterling ismli oʻrmonchi yashagan.

Lewis Carroll 1865-yilda nashr etgan „Alisa mo'jizalar mamlakatida” kitobida Cheshir mushugiga shunday qobiliyat berdiki u asta-sekin gʻoyib boʻlib oʻzidan birgina tabassumini qoldiradi.

Moʻjizalar mamlakatidagi Cheshir Mushugi Kongleton Mushugining sharpasi kabi gʻoyib boʻlish qobiliyatini oʻzlashtirgan. Hayoti davomida bu mushuk (Kongleton Mushugi) cherkovga maʼsul boʻlgan ayolning sevimli mushugi boʻlgan, lekin bir kuni mushuk sayrdan keyin uyiga qaytmaydi… Bir necha kundan keyin ayol eshik tirnalayotganini eshitadi, eshikni ochganida ostonada uning sevimli mushugi oʻtirardi, ammo, bir lahzadan soʻng u havoda bugʻlangandek gʻoyib boʻladi. Oq mushukning sharpasini yillar davomida yuzlab odamlar koʻradi. U har oqshom payti paydo boʻladi: u ayolning, ayol doʻstlarining va Cheshir Abbeyga (cherkov) tashrif buyuruvchilarning koʻziga koʻrinadi. Carroll bu hikoyadan ilhomlanib, oʻzining jilmayuvchi Cheshir Mushugini kashf qilishda Kongleton arvoh mushugining tasviridan foydalangan.

Cheshir mushugi madaniyatda

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Indianapolisdagi bolalar muzeyidagi yumshoq Cheshir mushugi

Mushuk „Alisa moʻjizalar mamlakatida“ kitobiga asoslangan boshqa asarlarda ham paydo boʻladi:

  • Cheshir mushugi Disney kitoblarida va Alisa moʻjizalar mamlakatida“ animatsion filmida uchraydi. Shuningdek, mushuk, Disney multfilmiga asoslangan Kingdom Hearts videooʻyinlarida ham paydo boʻladi.
  • American McGeeʼs Alice kompyuter oʻyinida Cheshir Mushugi skelet kabi oriq va tatuirovka bilan qoplangan holda tasvirlangan. Oʻyinda u Alisaning hamrohi va yoʻlboshchisi sifatida ishtirok etadi.
  • Frank Beddorning „Wars With Glass“ trilogiyasida mushuk salbiy xarakterda paydo boʻladi.
  • Cheshire mushugining tasviri (shuningdek, boshqa „Alisa“ qahramonlari) baʼzan yapon anime va manga hikoyalarida, masalan, „Pandora hearts“ mangasida tasvirlangan .
  • Cheshir Mushugi Tim Burtonning "Alisa moʻjizalar mamlakatida" filmida ham uchraydi, filmda u moʻynasida koʻk chiziqlar boʻlgan yoqimli, katta oʻlchamli mushuk sifatida tasvirlangan.
  • Cheshir Mushugi Yaponiyaning QuinRose Heart no Kuni na Alice oʻyin seriyasida ham paydo boʻladi.
  • Zeneskop komikslarida Cheshir Mushugi yovuz odam obrazda tasvirlangan.
  • Amerikaning Blink-182 pop-punk guruhining debyut albomi „Cheshire Cat“ deb ataladi.
  1. „Gourmet Cheeses, Books, Kits, Cheese Parties, and Cheese Supplies — Cheshire“. 2005-yil 24-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2005-yil 29-may.
  2. „Cheshir: ta'mini hamma ham bilmaydigan mashhur mushuk va pishloq“ (2020-yil 20-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 7-oktyabr.