[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Chu dashti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Chu dashti

Chu dashtiOltoy tog sistemasining janubi-sharqidagi dasht. Chu daryosining yuqori oqimida, 1750–2000 m. balandlikdagi togʻlar oraligʻida. Gʻarbdan sharqka 70 km, shimolidan jan.ga 40 km ga choʻzilgan. Yer yuzasi toʻlkinsimon tekislik. Iklimi keskin kontinental. Kishi sovuq. Yanvarning oʻrtacha trasi —31,7°. Eng past temperatura —53°. Yozi qiska, salkin. Yogʻin kam (102 mm). Kor qoplami juda yupqa (10 mm). Abadiy muzliklar tarqalgan. Kashtan tuproqlarda dasht va chalachoʻl oʻsimliklari (shuvok, betaga, izen va boshqalar) usadi. Chu daryosi qayirida oʻtzorlar bor. Kemiruvchilardan: yumronqoziq, dala sichqonlari, quyon, boʻrsiq va boshqa yashaydi. Chu dashti orqali RF dan MXR ga Chu avtomobil yoʻli oʻtgan.