[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Canelones (Urugvay)

Koordinatalari: 34°31′0″S 56°17′0″W / 34.51667°S 56.28333°W / -34.51667; -56.28333
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Canelones

Canelones
34°31′0″S 56°17′0″W / 34.51667°S 56.28333°W / -34.51667; -56.28333
Mamlakat Urugvay
Asos solingan 1782
Aholisi
19,865
Vaqt mintaqasi UTC-3:00
Telefon kodi +598 433
Pochta indeks(lar)i 90000
Canelones xaritada

Canelones (ispancha talaffuzi:kaneˈlones) – Urugvaydagi Canelones departamentining poytaxti. Shahar nomi daryo boʻyida oʻsadigan „kanelon“ deb ataladigan doljin turidan olingan[1]. 2010-yildan buyon shahar, shuningdek, Canelones munitsipalitetining qarorgohi hisoblanadi.

Shahar Montevideodan 50 km shimolda 5-marshrut va 64-marshrut kesishgan joyda joylashgan. Shahar Arroyo Kanelon Chiko daryosining gʻarbiy qirgʻogʻi bilan tutashgan.

Canelones shahri 1783-yil 24-aprelda Villa Guadalupe nomi bilan tashkil etilgan. Keyinchalik u respublikaning oldingi toʻqqiz departamentidan birining poytaxtiga aylandi. Bu yerga temir yoʻl 1874-yilda kelgan, 1908-yilda Montevideodan 5-milliy marshrut ochilgan. 1916-yil 2-martda shahar nomi Canelonesga oʻzgartirildi va uning maqomi 5.400-sonli Ley qonuni bilan shaharga koʻtarildi[2].

2011-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Canelones aholisi 19,865 kishidan iborat boʻlgan[3]. Canelones xuddi shu nomdagi departamentning poytaxti boʻlsa-da, departamentning boshqa ikkita shahri, Syudad de la Kosta va Las-Pyedras bilan solishtirganda aholisi ancha kamroq.

Yil Aholi soni
1908 8,523
1963 14,028
1975 15,988
1985 17,323
1996 19,388
2004 19,631
2011 19,865
2017 32,743

Manba: Urugvay Milliy Universiteti[2].

Shaharda koʻplab kichik va yirik uzumzorlar hamda vino zavodlari mavjud. 1987-yilda „Frigorífico Canelones“ omborxonasi tashkil etilgan boʻlib, u oʻsha paytdan beri shahar sanoatiga hissa qoʻshib kelmoqda[1].

Ibodat joylari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mashhur shaxslari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Diego Lugano, Urugvay futbol terma jamoasi sardori.
  • Pablo Gabriel Garsiya, PAOK FC futbolchisi.
  • Matias Vecino, futbolchi.
  • Fakundo Peraza (1992-yil 27-iyulda tugʻilgan), futbolchi.
  • Robert Siboldi, sobiq futbolchi va Santos Lagunaning menejeri[4].
  • Sebastyan Rodriges (1992-yilda tugʻilgan), futbolchi.
  • Andrea Trujillo, hamshira.
  1. 1,0 1,1 „ELECCIONES - Canelones“. El Observador. 2012-yil 12-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 2-fevral.
  2. 2,0 2,1 „Statistics of urban localities (1908–2004)“. INE (2012). 2009-yil 13-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 6-sentyabr.
  3. „Censos 2011 Cuadros Canelones“. INE (2012). 2012-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 25-avgust.
  4. ESPN „Santos' Siboldi resigns after staff-player dustup“ (en). ESPN.com (2018-yil 9-avgust).