[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

CONMEBOL

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Janubiy Amerika Futbol Konfederatsiyasi
[[Fayl:|250px|alt=]]
Turi Milliy assotsiatsiyalar federatsiyasi
Ishga tushgan sanasi 9-iyul, 1916-yil (108 yil avval) (1916-07-09)
Joylashuvi Luque, Paragvay
Hududiy xizmati Janubiy Amerika
Prezident Eugenio Figueredo
Aʼzolari 10ta assotsiatsiya aʼzo
Vebsayti www.CONMEBOL.com
Til(lar)i Ispancha, portugalcha
CONMEBOL member associations map.svg

Janubiy Amerika Futbol Konfederatsiyasi (isp:Confederación Sudamericana de Fútbol,[1] (por:Confederação Sul-Americana de Futebol[2]), umumiy qilib CONMEBOL deb aytishadi[3] (talaffuzi: konmebol̟), Janubiy Amerikada futbol sport turi boʻyicha asosiy tashkilot va FIFAning 6ta qitʼalararo konfederatsiyalaridan bittasi. Dunyoning eng qadimgi kontinental konfederatsiyasi hisoblanadi, shtab-kvartirasi Paragvayning Luque shahrida joylashgan. CONMEBOL Janubiy Amerikaning yirik futbol musobaqalarining tashkiliy va nazorat ishlarida masʼuldir. Tashkilotga 10ta davlat aʼzo boʻlib FIFAning eng kam sonli aʼzoga ega konfederatsiyasidir.

CONMEBOLning milliy futbol terma jamoalari 9 marta jahon chempionatlarida (Braziliya 5, Argentina va Uruguay 2 martadan) gʻolib boʻlgan va CONMEBOL futbol klublari 22 marta Qitʼalararo futbol kubogida, 4 marta FIFA Klublar oʻrtasida jahon chempionati musobaqalarida gʻalaba qozongan. Shuningdek Argentina va Urugvay terma jamoalari 2 marta olimpiada oʻyinlarida ham gʻolib boʻlgan. CONMEBOL UEFA qatori dunyoning eng kuchli konfederatsiyasi hisoblanadi.

CONMEBOLning jahon chempionati saralash bahslari dunyoning eng murakkab saralash bahsi hisoblanadi.[4][5] Hozirda konfederatsiyasi prezidenti Eugenio Figueredo va bosh kotibi Jose Luis Meiszner.[6]

Aʼzo davlatlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Davlat Assotsiatsiya Asos solingan Qoʻshilgan Terma jamoa Yuqori ligasi
Argentina bayrogʻi Argentina AFA 1893 1916 ARG (E, A) Primera División
Boliviya bayrogʻi Boliviya FBF 1925 1926 BOL (E, A) Liga Profesional
Braziliya bayrogʻi Braziliya CBF 1914 1916 BRA (E, A) Campeonato Brasileiro Série A
Chili bayrogʻi Chili FFC 1895 1916 CHI (E, A) Primera División
Kolumbiya bayrogʻi Kolumbiya FCF 1924 1936 COL (E, A) Primera A
Ekvador bayrogʻi Ekvador FEF 1925 1927 ECU (E, A) Serie A
Paragvay bayrogʻi Paragvay APF 1906 1921 PAR (E, A) División Profesional
Peru bayrogʻi Peru FPF 1922 1925 PER (E, A) Primera División
Urugvay bayrogʻi Urugvay AUF 1899 1916 URU (E, W) Primera División
Venesuela bayrogʻi Venesuela FVF 1926 1952 VEN (E, A) Primera División
  1. ispancha talaffuzi: [komfeðeɾaˈθjon suðameɾiˈkana ðe ˈfuðβol].
  2. portugalcha talaffuzi: [koʻfedeɾaˈsɐ̃w ˈsuw.ɐmeɾiˈkɐnɐ dʒi futʃʲˈbɔw].
  3. Qisqartmasi bunday tuzilgan: Confederación/Confederação Sudamericana/Sul-Americana de Fútbol/Futebol.
  4. "La eliminatoria más difícil del mundo", ESPN (ispancha)
  5. "Janubiy Amerika JChSB dunyoning murakkab bahsi", ESPN
  6. CONMEBOL Executive Committee, 2014-12-28da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2014-06-01