[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

2022–23 UEFA Yevropa ligasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
2022–23 UEFA Europa League

The Puskás Aréna in Budapest will host the final
Umumiy maʼlumotlar
Sana Qualifying:
4–25 August 2022
Competition proper:
8 September 2022 – 31 May 2023
Jamoalar Competition proper: 32+8
Total: 21+37 (33 ta assotsiatsiyadan)
Statistika
Oʻyinlar soni 132
Gollar soni 358 (har oʻyinda oʻrtacha 2.71 ta)
Muxlislar soni 3 664 373 (har oʻyinda oʻrtacha 27 760 ta)
Toʻpurar(lar) Victor Boniface (Union Saint-Gilloise)
Marcus Rashford (Manchester United)
6 goals each

2022-23-yilgi UEFA Yevropa Ligasi - UEFA tomonidan ikkinchi darajali klublarga tashkillashtiriladigan turnirlarning 53-mavsumi hamda uning nomi UEFA Kubogidan UEFA Yevropa Ligasi nomiga o'zgartirilgandan keyingi 14-mavsum.

Final o'yini Budapeshtdagi Pushkash arenasida bo'lib o'tadi,Vengriya.

Aslida 2021-22-yilgi mavsum finalini ham Budapeshtda o'tkazish rejalashtirilgandi, ammo COVID-19 pandemiyasi tufayli 2020 finalining kechikishi va yakuniy boshqa joyga ko'chirilishi sababli bir nechta mezbonlar o'zgartirildi.

Turnir g'oliblari UEFA Chempionlar Ligasining 2023-24-yilgi mavsum guruh bosqichiga avtomatik tarzda yo'llanmani qo'lga kiritishadi hamda 2022-23-mavsum UEFA Chempionlar Ligasining g'oliblariga qarshi UEFA Super Kubogida o'ynashadi.

Frankfurtning “Ayntraxt” klubi amaldagi chempion edi, biroq Chempionlar Ligasi pley-off bosqichiga chiqgani sabali chempionlik unvonini himoya qilish uchun imkoniyatga ega bo'lmadi.

Assotsiatsiya jamoasini taqsimlash

[tahrir | manbasini tahrirlash]

UEFA Yevropa ligasining 2022-23 yilgi mavsumida UEFAga aʼzo 55 ta assotsiatsiyadan 31-36 tadan jami 58 ta jamoa ishtirok etishi kutilmoqda. Ular orasida 15 ta assotsiatsiyada to'g'ridan-to'g'ri Yevropa Ligasiga yo'llanma beruvchi jamoalar mavjud bo'lsa, qolgan 40 ta assotsiatsiyada to'g'ridan-to'g'ri ishtirok etmagan jamoalar mavjud bo'lsa, ulardan 15 dan 20 tasida Chempionlar Ligasidan chiqqandan keyin o'ynaydigan jamoalar bo'lishi mumkin (yagona a'zo assotsiatsiyalar). Rossiya va Lixtenshteyn a'zo bo'lishi mumkin emas, ular ichki ligani tashkil qilmaydilar va faqat o'z kubogi sohibini assotsiatsiyalar reytingiga ko'ra Yevropa konferentsiya ligasiga kiritishlari mumkin).UEFA mamlakat koeffitsientlariga asoslangan assotsiatsiyalar reytingi har bir assotsiatsiya uchun ishtirok etuvchi jamoalar sonini aniqlash uchun ishlatiladi:

  • UEFA Yevropa konferensiya ligasi chempionlariga Yevropa ligasida ishtirok etish huquqi beriladi (agar ular Chempionlar ligasi guruh bosqichiga chiqa olmasa).
  • 1–5 assotsiatsiyalarning har biri ikkita jamoa saralash huquqiga ega.
  • 6–7 va 9–15 assotsiatsiyalarning har birida bittadan jamoa saralashi mumkin.
  • UEFA Chempionlar ligasining 2022/23 yilgi mavsumida ishtirok eta olmagan 37 ta jamoa Yevropa ligasiga yo'l oldi.

Assotsiatsiya reytingi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022–23-yilgi UEFA Yevropa Ligasi uchun assotsiatsiyalar ularning 2021-yilgi UEFA mamlakat koeffitsientlari boʻyicha oʻrinlarni ajratadi, bunda ularning 2016–17- yilgi mavsumdan toki 2020–21-yillardagi Yevropa musobaqalaridagi koʻrsatkichlari hisobga olinadi. [1]

Keoffitsientlar mamlakatlar bo'yicha taqsimlangan bo'lishiga qaramay,assotsiatsiyalar Yevropa Ligasida ishtirok etadigan yana qo'shimcha jamoalarga ega bo'lishi mumkin.

  • (Yevropa Chempionlar Ligasi) – Additional teams transferred from the UEFA Champions League
  • (UEFA Konferensiyalar Ligasi) – Additional berth for UEFA Europa Conference League title holders

Quyida ushbu mavsum uchun kirish ro'yxati keltirilgan. [2]

  1. „Country coefficients 2020/21“. UEFA.com. Union of European Football Associations (2020). 2019-yil 4-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 16-fevral.
  2. „Access list 2021–24“ (PDF). UEFA.com. Union of European Football Associations. 2018-yil 4-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 16-fevral.