İsfendiyar Bey
İsfendiyar Bey | |
---|---|
turkcha: İsfendiyar Bey' | |
Candaroğulları beki | |
Saltanat | 1392-1440 |
Oʻtmishdoshi | Süleyman Paşa II |
Davomchisi | İbrahim Bey II |
Tugʻilishi | XIV asr |
Vafoti |
1440-yil 26-fevral Sinop |
Turmush oʻrtogʻi | Esen Kutlu Hatun |
Farzandlari | İbrahim Bey II |
Uy | Candaroğulları |
Otasi | Kötürüm Bâyezid |
Onasi | Sultan Hatun |
Dini | Sunni Islom |
İsfendiyar Bey (turkcha: İsfendiyar Bey) — 1291-1461-yillar orasida Onadoʻlida hukm surgan turk-islom bekligining beki boʻlib, u ushbu beklikni 1392-1440-yillar orasida boshqargan[1][2][3].
Beklik taxtiga chiqishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kötürüm Bayezid Isfendiyarning oldida vafot etishi ortidan beklik ikkiga boʻlindi. Kastamonuda Usmonli himoyasida Süleyman Paşa II oʻz bekligini eʼlon qildi. Sinopta esa Isfendiyar Bey bek boʻldi. 1392-yilda Boyazid I Yildirim tomonidan akasi Süleyman Paşa II oʻldirilgandan soʻng, beklik taxtining yagona vorisiga aylandi[4][5].
Isfendiyar davrida beklik otasining davriga nisbatan juda zaif edi. Ayniqsa, Boyazid Yildirimning Onadoʻliga hujumlari ortidan Usmonlilar va Candaroğulları koʻplab janglar oʻtkazib, katta hududlarini yoʻqotgan edi.
Anqara jangi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Amir Temurning yoniga borgan beklar orasida beklar ham bor edi. Amir Temur Boyazid Yildirim bilan jang qilishidan oldin, Arzinjonda Isfendiyar Bey bilan koʻrishgan. Isfendiyar Bey bu uchrashuvdan soʻng, Sinopga qaytib ketgan[6].
Amir Temur va Yildirim orasida sovuqchilik bor edi. Beklarning Amir Temur huzuriga borishi ular orasidagi adovatni yanada kuchaytirdi. Amir Temur jang qilishga qaror bergan edi. Ammo beklarning ham fikrini olish maqsadida bir majlis uyushtirdi. Onadoʻlining hamma beklari Amir Temurga bu jangda gʻalaba qozonishi haqida aytdilar.
Amir Temur Anqara jangida gʻalaba qozondi va Isfendiyar Bey eski hududlarini Usmonlilar imperiyasidan qaytarib olishga muvaffaq boʻldi. Isfendiyar Bey Amir Temur bilan Izmir qal’asining egallanishi vaqtida birga boʻlgan.
Beklikning Anqara urushidan keyingi davrlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Amir Temur Samarqandga qaytganidan keyin, Usmonlilar imperiyasida taxt uchun kurashlar boshlanib ketdi. Bu kurashlarda Isfendiyar Bey shahzodalarga dastak berib, aktiv rol oʻynadi. Karamanoğullarıning Usmonlilar imperiyasiga qarshi uyushtirgan urushi (1415-1416) vaqtida, Isfendiyar Bey oʻgʻli Kasim boshchiligida qoʻshinni Usmonlilarga yordamga joʻnatdi.
Beklikning parchalanishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Isfendiyar Bey Çankırı, Kalecik, Tosya va Kastamonu hududlarini oʻgʻli Hizir Beyga bergan edi. Ammo boshqa oʻgʻli Kasim bunga norozi boʻldi va Usmonlilar yordami bilan otasi ustiga harbiy safar boshlatdi. Kastamonuga qilgan safarida, otasi Sinopga qochib ketdi. Chorasiz qolgan Isfendiyar Bey Kastamonu bilan Bakır hududlarini oʻziga qoldirishini, oʻgʻliga esa Çankırı bilan Kalecikni berdi. Shuningdek, usmonli sultoni Mehmed nomiga ham xutba oʻqitilishini ham qabul etdi[5][7].
1418-yilda musulmonlar Samsun shahrini Isfendiyar Bey qoʻlga kiritdi. Çelebi Mehmed Candaroğulları bekligi ustiga yurish qildi, ammo Samsun shahrini egallay olmadi. Ikki yil keyin, Usmonlilar shaharni egallashga muvaffaq boʻldilar[8][9].
Oxirgi yillari va vafoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Isfendiyar Beyning oxirgi yillari haqida maʼlumotlar juda oz. Ammo oʻgʻli Ibrohimni valiahd qilib, qolgan ikki oʻgʻli Hizir va Murodga akasiga itoat qilishini vasiyat qilgani haqida maʼlumot bor[10]. Isfendiyar Bey 1440-yilda 70 yoshlarida vafot etgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Uzunçarşılı, İsmail Hakkı (1937). Anadolu Beylikleri ve Akkoyunlu, Karakoyunlu Devletleri (2019 bas.). Türk Tarih Kurumu Yayınları. ISBN 9789751624574
- ↑ Yücel, Yaşar (1980). Anadolu Beylikleri Hakkında Araştırmalar I: Çoban-Oğulları Beyliği, Çandar-Oğulları Beyliği, Melikü’l-Ebsar’a göre Anadolu beylikleri (1988 bas.). Türk Tarih Kurumu Yayınları. ISBN 9789751600806
- ↑ Yaman, Talat Mümtaz (1935). a.g.e, syf. 109
- ↑ Yakupoğlu, Cevdet. (2018). a.g.m, syf. 3.
- ↑ 5,0 5,1 Yücel 1980.
- ↑ Yaman, Talat Mümtaz (1935). a.g.e, syf. 127.
- ↑ Uzunçarşılı, İsmail H. (1947). a.g.e, I (1988 bas.), syf. 86.
- ↑ Yücel, Yaşar (1980). a.g.e (1988 bas.), syf. 97.
- ↑ Musalı, Namıq; Yakupoğlu, Cevdet. (2020). a.g.m, syf. 407.
- ↑ Ersan, Mehmet; Alican, Mustafa. (2014). a.g.e, syf. 94.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Yücel, Yaşar. Anadolu Beylikleri Hakkında Araştırmalar I: Çoban-Oğulları Beyliği, Çandar-Oğulları Beyliği, Melikü’l-Ebsar’a göre Anadolu beylikleri, 1988 (Türkçe), Türk Tarih Kurumu Yayınları. ISBN 9789751600806.
- Uzunçarşılı, İsmail Hakkı. Anadolu Beylikleri ve Akkoyunlu, Karakoyunlu Devletleri, 2019 (Türkçe), Türk Tarih Kurumu Yayınları. ISBN 9789751624574.
- Kastamonu Tarihi: : XV'inci asrın sonlarına kadar (Türkçe). Ahmet İhsan Matbaası.
- Yakupoğlu, Cevdet. Çobanoğulları ve Candaroğulları Zamanında Kastamonu. Kastamonu Valiliği. ISBN 9789751740977.
- Gedik, Ahmet. „Candaroğlu Celâleddin Bayezid Dönemine Ait İki Kitabeye İlişkin Tashihi Gereken Bazı Hususlar“. Necmettin Erbakan Üniversitesi. 209–218-bet. 30 Mayıs 2020da asl nusxadan arxivlandi.
{{cite magazine}}
: Cite magazine requires|magazine=
(yordam); Andozada hech qanday qiymat berilmagan (boʻsh) nomaʼlum parametr mavjud:|ölüurl=
(yordam); Unknown parameter|arşivtarihi=
ignored (|archive-date=
suggested) (yordam); Unknown parameter|sayı=
ignored (|issue=
suggested) (yordam); Unknown parameter|tarih=
ignored (|date=
suggested) (yordam); Unknown parameter|çalışma=
ignored (yordam); sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim:|archivedate=
(yordam)
Humkdorlik unvoni | ||
---|---|---|
Oʻtmishdoshi: Süleyman Paşa II |
Candaroğulları beki 1392-1440 |
Vorisi: İbrahim Bey II |