[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Zigota

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Zigota (yun. zigotos — birgalikda qoʻshilgan) — har xil jinsli gametalarning qoʻshilishi natijasida hosil boʻlgan hujayra; urugʻlangan tuxum. "3." tushunchasini fanga nemis botanigi E. Strasburger (1844—1912) kiritgan. 3. ning vujudga kelishi qoʻsh urugʻlanish bilan bogʻliq. Oʻsimliklarda chang nayi orqali murtak xaltasiga kirgan ikki spermaning biri tuxumhujayrani, ikkinchisi esa murtak xaltasining markaziy hujayrasini urugʻlantiradi. 3. dan keyinchalik murtak, urugʻlangan markaziy xujayradan esa endosperm rivojlanadi. Gaploid ikki hujayra qoʻshilganida 3. da oʻsha tur uchun xos boʻlgan xromosomalarning diploid toʻplami (2 ya) (biri onalik, biri otalik xromosomalari toʻplami) paydo boʻladi. Ayrim oʻsimliklar (mas, baʼzi suv oʻtlari va zamburugʻlar) va hayvonlarda (mas, koloniyali bir hujayralilar, boʻshli_qichlilar) 3. qalin poʻst bilan oʻralib noqulay sharoitni oʻtkazadi. 3. orqali avlodlar oʻrtasidagi bogʻlanish taʼminlanadi.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil