[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Tova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
2024-yil 18-noyabr, 16:20 dagi Bekwox (munozara | hissa) versiyasi
(farq) ←Avvalgi koʻrinishi | Hozirgi koʻrinishi (farq) | Yangiroq koʻrinishi→ (farq)

Tova (fors.) — roʻzgʻor buyumi. Taom tayyorlashda foydalaniladi. Asosan choʻyan, alyuminiy, sopol va boshqa maxsulotlardan yasaladi. Qadimda choʻyandan quyilgan. Tarelkasimon ikki palladan iborat boʻlib, asosan, koʻchmanchi xalqlar uning yordamida non pishirishgan. Pallaning bittasiga xamir zuvalasi solinib, ikkinchi palla uning ustiga toʻnkarilgan va tova choʻqqa koʻmib qoʻyilgan.