[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Gujarot zilzilasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gujarot zilzilasi - 2001-yil 26 yanvda Hindistonning Gujarot shtatida mahalliy vaqt bilan soat 8 dan 46 min. oʻtganda sodir boʻlgan yer silkinishi. Zil-zila epitsentri Ahmadobod va Bxuj sh.lari oraligʻida joylashgan. Rixter shkalasi boʻyicha magnitudasi 7,7 boʻldi. Zilzila kuchi MSK-64—12 balli shkala boʻyicha 10 ball boʻlib, Hindistonning bir qancha shaharlari (Ahmadobod, Kach va b.) katta talafot koʻrdi. Ayniqsa, epitsentrga yaqin joylashgan Bxuj sh. yer bilan yakson boʻldi. Ketma-ket sodir boʻlgan silkinishlar natijasida koʻplab bir qavatli va 150 dan ziyod koʻp qavatli imorat butunlay vayron boʻldi. Qurbon boʻlganlar soni 30 mingdan ortib ketdi.

Epitsentrdan tarqalgan seysmik toʻlqinlar ming km dan ziyod masofagacha qayd qilindi. Epitsentrda uz. 3–4 km keladigan yer yoriklari hosil boʻlib, u joyning qiyofasini oʻzgartirib yubordi. Zilzila 1968-yilda aniqlangan seysmogen zonada roʻy berdi. Zona ostidagi togʻ jinslarining yer uzilmalari boʻyicha keskin siljishi tebranishlarga sabab boʻlgan. Bu zonada ilgarilari ham yer qimirlashlar qayd etilgan. Ayniqsa, ularning eng dahshatlisi 1819-yilning 16 iyunida sodir boʻlib, kuchi 2001-yilgi G.z.ga teng boʻlgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil