Drive
Drive | |
---|---|
Film uchun ishlangan poster | |
Rejissyor(lar) | Nicolas Winding Refn |
Prodyuser(lar) |
|
Ssenariynavis(lar) | Hossein Amini |
Qaysi asarga asoslangan |
Drive –James Sallis |
Rollarda | |
Bastakor(lar) | Cliff Martinez |
Kinematografiya | Newton Thomas Sigel |
Muharrir(lar) | Matthew Newman |
Studiya(lar) |
|
Distribyutor | FilmDistrict[1] |
Chiqarilgan sanasi |
|
Davomiyligi | 100 daqiqa[2] |
Mamlakat | AQSh[1] |
Til | inglizcha |
Byudjeti | $15 million[3][4] |
Daromadi | $81.4 million[4] |
Drive – 2011-yilda Nicolas Winding Refn rejissyorligida suratga olingan jangari drama janridagi Amerika filmi. Film voqealari James Sallisning 2005-yilda yozilgan romaniga asoslangan boʻlib, film ssenariysini Hossein Amini yaratgan. Bosh rol ijrochisi Ryan Gosling filmda oʻz asosiy ishidan tashqari sirli tarzda jinoyatchilarni jinoyat joyidan uzoqroqqa xavfsiz eltib qoʻyish bilan shugʻullanadigan Gollivudlik haydovchi rolini gavdalantirgan boʻlib, filmdagi ismi maʼlum qilinmagan. U qisqa muddat ichida qoʻshnisi Irene (Carey Mulligan) va uning oʻgli Benicio bilan juda yaqin boʻlib qoladi. Tez orada Irenening qarzga botib ketgan eri Standard (Oscar Isaac) qamoqdan chiqadi va bosh qahramon (Ryan Gosling) bilan birgalikda million dollarlik talonchilik uyushtirishadi. Bu esa oxir-oqibat talonchilikda ishtirok etgan barchaning hayotini xavf ostida qoldiradi. Filmda, shuningdek, Bryan Cranston, Christina Hendricks, Ron Perlman va Albert Brooks singari aktyorlar ham rol ijro etishgan.
Prodyuserlar Marc Platt va Adam Siegel Publishers Weeklyning roman haqidagi sharhini oʻqib chiqqandan soʻng, uni manba sifatida tanlashga qaror qilishgan. Kitobni filmga moslashtirish Amini uchun qiyin kechgan, chunki asarning sujeti xronologik jihatdan tartibsiz boʻlgan. Plattning ushbu filmda aktyorlik uchun eng muvaffaqiyatli tanlovlaridan biri hisoblangan Ryan Goslingning oʻzi ham asosiy eʼtibor ekshenga qaratilgan loyihada rol ijro etish niyatida boʻlganligi uchun filmda bosh qahramon boʻlish taklifini qabul qilgan. Gosling filmning yaratilish jarayonida ham faol qatnashib, Refnni rejissyor sifatida va Bet Miklni ishlab chiqaruvchi dizayneri sifatida yollash ishlarida ham muhim oʻrin tutgan. Newton Tomas Sigel boshchiligidagi asosiy suratga olish ishlari Los Angelesda 2010-yil 25-sentabrdan 12-noyabrgacha davom etgan.
2011-yil sentyabr oyidagi premyerasidan avval Drive kinofestivallarda namoyish etilgan. Shu jumladan 2011-yilgi Kann kinofestivalida tomoshabinlar uni oʻrinlaridan turib olqishlashgan. Refn ushbu festivalning eng yaxshi rejissyor mukofotiga sazovor boʻlgan. Film undagi rejissyorlik ishi, kinematografiyasi, ijro (ayniqsa Gosling va Brooksning ijrosi), vizual effektlari, voqealar rivoji va musiqiy sayqali uchun eʼtirof etilgan. Biroq, shunga qaramasdan, baʼzi tanqidchilar uning ayrim sahnalari zoʻravonlikka targʻib qilishi mumkinligidan vahimaga tushishgan va bu filmning kassa tushumlaridagi muvaffaqiyatiga salbiy taʼsir koʻrsatish ehtimoli borligini tahmin qilishgan. Shunga qaramay, film tijoriy jihatdan yaxshigina foyda keltirgan. Byudjeti 15 million AQSh dollari boʻlgan boʻlsa, daromadi 81 milliondan oshgan. Milliy Tahlil Kengashi (inglizcha: National Board of Review) kabi bir qancha tanqidchilar Drive ni 2011-yilning eng yaxshi filmlari roʻyxatiga qoʻshishgan. Shuningdek, film 84 – Academy Awards marosimida Eng Yaxshi Tovush Tahriri nominatsiyasi boʻyicha mukofotga ham sazovor boʻlgan.
Syujeti
[edit | edit source]Los-Anjelesda yashovchi bir kishi („Haydovchi“ deb tanilgan) mexanik, dublyor va jinoyatchilarning qochishiga yordam beradigan haydovchi sifatida ishlaydi. Uning barcha ishlarini avtomobil doʻkonining egasi Shannon nazorat qiladi. Shannon amerikalik-yahudiy jinoiy guruhi a'zosi Bernie Rose va uning yarim italyan sherigi Nino „Izzy“ Paolozzini „Haydovchi“ uchun poyga mashinasi sotib olishi kerakligi va bu hammalari uchun qonuniy biznes sifatida poygada qatnashish imkonini berishiga ishontiradi.
„Haydovchi“ yangi qoʻshnisi Irene va uning kichkina oʻgʻli Benicio bilan yaqin boʻlib qoladi, ammo Irenening eri Standard Gabrielning qamoqdan ozod boʻlishi ularning munosabatlariga nuqta qoʻyadi. Standard tovon pulini qarzdor boʻlib qoladi, shu sababli albaniyalik gangster Chris Cook uning uyiga bostirib kirib, unga poʻpisa qiladi va qarzidan qutulishi uchun Lombard do'konidan 40 000 dollar oʻmarib berishini talab qiladi. Chris Cook, shuningdek, Standardga xotini Irene hamda oʻgʻli Benicioning hayoti bilan tahdid qiladi. Shu tufayli „Haydovchi“ Blanche va Standardga bu talonchilikda yordam berishni taklif qiladi.
Lombarddan Blanche bir qop pul bilan chiqib keladi, ammo Standardni doʻkon egasi otib oʻldiradi. Boshqa bir mashina taʼqib qilib, „Haydovchi“ va Blanche motelga yashirinishadi. U yerda „Haydovchi“ Blanchening sumkasida 1 million dollar borligini, shuningdek bu pulni u Cook boshqa mashinadagi Cookning yordamchilari bilan boʻlib olishni rejalashtirganliklarini bilib oladi. Cookning yordamchilari bostirib kelib, Blancheni otib tashlashadi. „Haydovchi“ esa qurollanganlarning ikkisini ham oʻldiradi.
Shannon pulni yashirish kerakligini aytsa ham „Haydovchi“ bunga rozi boʻlmaydi. U Cookni strip klubiga qadar kuzatib boradi va qiynoqqa soladi, natijada undan talonchilik ortida Nino turganini bilib olishga muvaffaq boʻladi. „Haydovchi“ Ninoga qoʻngʻiroq qilib, pulni qaytarib berishni taklif qiladi va evaziga Nino uni tinch qoʻyishini soʻraydi. Nino esa bu taklifni rad etadi. Aksincha Nino „Haydovchi“ va Irene istiqomat qiladigan turar joyga yollanma qotilni yuboradi. „Haydovchi“ gʻazablangan Irenega erining oʻlimiga uning dahli borligini aytadi va ular liftga chiqishadi. Liftda yonlarida turgan kimsa yollanma qotil ekanligini esa payqashmaydi. Qotilning quroli borligini payqab qolgan „Haydovchi“ Ireneni oʻpadi va keyin qotilni shafqatsizlarcha oʻldiradi. Buni koʻrgan Irene dahshatga tushadi.
„Haydovchi“ Shannon bilan koʻrishib qoladi, u Berniega qoʻngʻiroq qilib pul haqida soʻraganini va beixtiyor Irenening ismini aytib yuborganini tan oladi. Gʻazablangan „Haydovchi“ Nino ularning ikkalasini ham taʼqib qilayotganini, shu sababli Shannon qochib ketishi kerakligini aytib ogohlantiradi. Nino Berniega Filadelfiya mafiozi yangi operatsiya tashkil qilish uchun oʻsha pullarni lombard doʻkoniga yashirganligini aytadi. Shu sababli talonchilikka aloqador boʻlganlarning hammasi oʻldirilishi kerak boʻlib, aks holda Sharqiy qirgʻoqdagi jinoyatchilik Nino va Berniening boʻyniga qoʻyilishi mumkin edi.
Bernie Cookni oʻldiradi. Shannon „Haydovchi“ning qayerdaligini aytishdan bosh tortganida, Bernie uning bilagini ustara bilan kesib tashlaydi. Avtomobil doʻkoniga borganda „Haydovchi“ Shannonning jasadini koʻrib qoladi. Shundan soʻng u oʻzining rezinadan tikilgan kaskadyorlar niqobini kiyib olib, Ninoning mashinasini pitsaxonadan Tinch okeani sohilidagi shossegacha taʼqib qilib boradi. Oʻsha zahoti oʻz mashinasida Ninoning mashinasini plyaj tomonga urib yuboradi, oʻzini esa okeanga choʻktirib oʻldiradi. Shundan soʻng Irenega qoʻngʻiroq qilib, boshqa uchrashmasliklarini, u va oʻgʻli Benicio bilan oʻtkazgan vaqtlari hayotining eng goʻzal davrlari boʻlganligini aytadi.
„Haydovchi“ Bernie bilan koʻrishadi, Bernie esa pul evaziga Irenening xavfsiz boʻlishiga kafolat berishini vaʼda qiladi. „Haydovchi“ mashinasining yukxonasidan pullarni olib berayotganida Bernie uning qorniga pichoq uradi. Biroq keyin „Haydovchi“ Bernieni pichoqlab oʻldiradi va uning jasadi hamda pullarni oʻsha yerda qoldirib, mashinasida u yerdan ketadi. Irene „Haydovchi“ning kvartirasi eshigini taqillatadi va hech kim javob bermagach, qaytib ketadi. Ogʻir yaralangan „Haydovchi“ tunga qadar mashina haydab, koʻzdan gʻoyib boʻladi.
Rollarda
[edit | edit source]- Ryan Gosling—"Haydovchi" rolida
- Carey Mulligan—Irene Gabriel obrazida
- Bryan Cranston—Shannon obrazida
- Albert Brooks—Bernie Rose obrazida
- Oscar Isaac—Standard Gabriel rolida
- Christina Hendricks—Blanche rolida
- Ron Perlman—Nino „izzy“ Paolozzi obrazida
- Kaden Leos—Benicio Gabriel rolida
- James Biberi—Chris Cook obrazida
- Russ Tamblyn—Doc rolida
Yaratilishi
[edit | edit source]Jarayon
[edit | edit source]Kitoblarda yozilgan dunyoda faqatgina haqiqiy jasorat tarixda qolishi aytilishini anglab qoldim. Menimcha, mardlik mashina ichidan turib dunyoga haydovchining nazari bilan boqish orqaligina vujudga keladi. —Marc Platt, prodyuser
|
James Sallisning Drive romani 2005-yilda nashrdan chiqqan..[5] Siegel Publishers Weeklyda asar haqidagi tafsilotlarni oʻqib qolgach, prodyuserlar Marc Platt va Adam Siegel shu asarni tanlashga qaror qilishgan. „Haydovchi“ obrazi Siegelni qiziqtirib qoʻygan, negaki bu obraz „siz boshqa joyda kamdan kam koʻradigan odam – u maqsadi bor odam; u bor yoʻgʻi bitta ishni qoyillatar edi va bundan hech qachon afsuslanmasdi“. Qahramon Plattni ham qiziqtirgan, sababi u Plattga, odatda, Steve McQueen yoki Clint Eastwood tomonidan ijro etiladigan va bolaligidan havas qilib katta boʻlgan kino qahramonlarini eslatib yuborgan.
Manbalar
[edit | edit source]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 „Drive (2011)“. American Film Institute Catalog. Qaraldi: 2024-yil 3-noyabr.
- ↑ „Drive (18)“. British Board of Film Classification. 2016-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 3-noyabr.
- ↑ „Drive (2011)“. Box Office Mojo. 2015-yil 8-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 3-noyabr.
- ↑ 4,0 4,1 „Drive (2011)“. The Numbers. 2018-yil 18-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 3-noyabr.
- ↑ Martelle, Scott. „James Sallis' noir outlook in The Killer is Dying and Drive“. Los Angeles Times (2011-yil 7-avgust). 2011-yil 21-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-noyabr, 2024.