[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Defoliantlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Defoliantlar (de... va folium -barg) — hosilni yigʻib-terib olishni osonlashtirish maqsadlarida oʻsimliklar bargini toʻkish uchun qoʻllanadigan kimyoviy moddalar. Peapitsidlar guruhiga kiradi. D. oʻsimlik barglarini muddatidan oldin qarishi va toʻkilishini, sunʼiy xazonrezgilikni keltirib chiqaradi. Asosan gʻoʻza, urugʻlik lyupin barglarini toʻkishda ishlatiladi. Oʻzbekistonda D. sifatida kalsiy xlorat-xlorid (42% li suvli eritmasi), magniy xlorat (60% li suvda eriydigan kukun), "Sihat" preparati (natriy xlorat asosida), dropp va b.qoʻllanadi. D. atrof muhitga sal-biy taʼsir koʻrsatmasligi uchun ulardan foydalanishda qatʼiy cheklashlar va maʼlum qoidalarga amal qilishni talab etadi (qarang Defoliatsiya).

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil