[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Betaga

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
2022-yil 3-sentyabr, 17:24 dagi MalikxanBot (munozara | hissa) versiyasi
(farq) ←Avvalgi koʻrinishi | Hozirgi koʻrinishi (farq) | Yangiroq koʻrinishi→ (farq)
Betaga
Biologik klassifikatsiya
Olam: Oʻsimlik
Binar nomi
Festuca sulcata

Betaga (Festuca sulcata Hack) — bugʻdoydoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻt, ildiz oldi serbarg boʻladi. Boʻyi 35—45 sm. Iyunda gullaydi. Sentabrning birinchi yarmida urugʻi pishadi. Kuzgi namlikda koʻkarib, qishda maysa boʻladi. B. chim hosil qiluvchi oʻsimlik. Chimning diametri 70—110 sm ga yetishi mumkin, lekin bunda chimning markazi albatta qurigan boʻladi. Togʻlarning oʻrta va yuqori qismlaridagi tekisliklar va shimoliy qiyaliklarda shuvoq va chalov (Stipa)larning har xil turlari bilan birga oʻziga xos betagazorlar yuzaga keltiradi. B.ni qoʻy, echki, yilqi va qoramol ayniqsa bahorda (gullaguncha) va kuzda (namlikda chiqqan yangi barglarini) xush koʻrib yeydi. Havo sernam kelgan yillarda uni pichanga oʻrish ham mumkin. Maysasida 14,6% protein, 3,3% yogʻ va 24,6% kletchatka; boshoq chiqarganda 11,7% protein, 29,6% kletchatka; gulla Betaga.ganda 9,7% protein, 29,6% kletchatka; urugʻlaganda 8,3% protein va 31,0% klechatka boʻlishi aniqlangan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil