Amenoreya
Amenoreya (yun. a — inkor qoʻshimchasi, men — oy va rheo — oqaman) — olti oy va undan koʻproq muddat hayz koʻrmaslik. Agar ayol ilgari hayz koʻrmagan boʻlsa, birlamchi, oldin hayz koʻrib yursa-yu, maʼlum vaqtdan soʻng hayz qoni uzoq vaqtgacha yoki butunlay toʻxtab qolsa, ikkilamchi A. boʻladi. Fiziologik A. balogʻatga yetmagan qizlarda, homiladorlik, bola emizish va klimak-teriya davrida uchraydi. Patologik A. ogʻir infeksion kasalliklar (terlama, sil, sepsis), umumiy darmonsizlik, moddalar almashinuvining buzili shi, ichki sekresiya bezlari faoliyatining oʻzgarishi, organizmning zaharlanishi, bachadonga turli eritmalar quyilishi tufayli roʻy beradi. Baʼzan A. da kasallik belgilari kuzatiladi, yuz va boshga qon koʻp kelib, toʻsatdan issiq seziladi, keyinchalik esa et uvushadi, sovuq ter bosadi, quloq shangʻillaydi va boshqa Hayz sikli buzilgan hollarda darhol vrachga uch-rashish va uning koʻrsatmalariga amal qilish lozim.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |