[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Abay (viloyat)

Koordinatalari: 50°24′20″N 80°15′0″E / 50.40556°N 80.25000°E / 50.40556; 80.25000
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abai Region

qozoqcha: Абай облысы
Viloyat
Skyline of Abai Region
50°24′20″N 80°15′0″E / 50.40556°N 80.25000°E / 50.40556; 80.25000
Mamlakat Qozogʻiston
Maʼmuriy markazi Semey
Hukumat
 • Hokim Nurlan Uranxaev[1]
Asos solingan 2022-yil 8-iyun
Maydon 185,500 km2 (71,600 kv mi)
Aholisi
 (2021)
638 300[2]
Vaqt mintaqasi UTC+6
Abai Region xaritada
Abai Region
Abai Region

Abay viloyati (qozoqcha: Абай облысы, [ɑbɑj ɔbɫəsɯ], ruscha: Абайская область) Qozogʻistonning viloyatlaridan biri. Prezident Qosim-Jomart Toqayev 2022-yil 16-mart kuni viloyat tashkil etilishini e’lon qildi. Toqayevning qonun loyihasi 2022-yil 8-iyun kuni kuchga kirgandan so‘ng hudud Sharqiy Qozog‘iston viloyatidan ajralib chiqqan. Viloyatning maʼmuriy markazi — Semey shahri. Uning chegaralari taxminan 1997-yilda tugatilgan va Sharqiy Qozogʻiston viloyati bilan birlashtirilgan eski Semipalatinsk viloyatiga toʻgʻri keladi[3].

Geografiyasi

Semey shahri - Abay viloyatining maʼmuriy markazi. Abay viloyati sharqda Sharqiy Qozogʻiston, shimolda Pavlodar, gʻarbda Qaragʻanda va janubda Yettisuv viloyati bilan chegaradosh.

Tumanlari

2022-yil holatiga viloyat tumanlari

Viloyat tarkibiga Kurchatov va Semey shaharlari hamda 9 ta tuman kiradi:

  1. Abay tumani, maʼmuriy markazi Qorovul qishlogʻi;
  2. Oltoy tumani, Oltoy shaharchasi;
  3. Ayagʻoz tumani, Ayagʻoz shaharchasi;
  4. Beshqaragʻay tumani, Beshqaragʻay qishlogʻi;
  5. Borodulixa tumani, Borodulixa qishlogʻi;
  6. Koʻkpekti tumani, Koʻkpekti qishlogʻi;
  7. Tarbagʻatoy tumani, Oqsuat qishlogʻi;
  8. Urjar tumani, Urjar qishlogʻi;
  9. Jarma tumani, Qalbatov (Georgiyevka) qishlogʻi.

Etimologiyasi

Abay viloyati hozirgi Abay viloyatida tugʻilgan mashhur qozoq oqini Abay Qoʻnonboyev sharafiga nomlangan.

Manbalar