Miss Universe 2015
„Miss Universe 2015“ 2015-yilning 20-dekabr kuni AQShning Nevada shtati, Las-Vegas shahridagi The AXIS koʻrgazmasida „Miss Universe 2015“ tanlovining 64-tanlovi boʻlib oʻtdi. Bu 2015-yil 14-sentabrda Donald Trampdan „Miss Universe“ tashkilotini sotib olgan WME / IMG mulki ostida oʻtkaziladigan tanlovning ilk soni hisoblanardi[1]. Shunday qilib, bu „XXI Fox“ va „Azteca“ tomonidan tanlovning ingliz va ispan teleradiokompaniyalari sifatida efirga uzatilgan birinchi „Miss Universe“ tadbiridir[2][3].
Tadbir soʻngida kolumbiyalik Paulina Vega filippinlik Pia Vurtsbaxga „Miss Universe 2015“ tojini tantanali ravishda topshirdi. Bu Filippinning soʻnggi 42 yil ichidagi birinchi gʻalabasi edi. Shu bilab birga mamlakat tanlov tarixidagi uchinchi gʻalabasini qoʻlga kiritdi[4][5].
Bu yilgi koʻrik-tanlovda 80 mamlakat hamda turli hududdan kelgan ishtirokchilar bellashishdi. Musobaqada Stiv Xarvi boshlovchi sifatida xizmat koʻrsatdi. Roselin Sanches esa sahna ortidagi boshlovchi sifatida ishtirok etdi. Bu yilgi tanlovda mashhur qoʻshiqchilardan biri hisoblangan Charli Put, The Band Perry hamda Seal ishtirok etdi[4][6].
Joylashuvi va sanasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Donald Trampning 2015-yil 16-iyun kungi nutqi chogʻida meksikalik muhojirlar haqidagi bayonotlaridan keyin, Kolumbiya mamlakati Trampni qoraladi. Ushbu voqeadan soʻng AQSh musobaqaga mezbonlik qilish taklifini qaytarib oldi[7]. Bundan tashqari, „NBCUniversal“ va „UniMás“ (tanlovning ispaniyalik teleradiokompaniyasi) „Miss USA“ 2015 tanlovini translyatsiya qilishni rad etdi, shu bilan birga tanlovga boʻlgan huquqlarini bekor qildi. Bu „NBC“ va „UniMás“ ham tanlovni efirga uzatishdan bosh tortganidan soʻng Trampni sudga daʼvo qilishga undadi[8].
2015-yil 11-sentabrda Donald Tramp „NBC Universal“ kompaniyasining „Miss Universe“dagi ulushini sotib olib, uni „Miss Universe“ tashkilotining yagona egasiga aylantirgan[9]. Uch kun oʻtib, 2015-yil 14-sentabrda WME/IMG ilgari Trampga tegishli boʻlgan „Miss Universe tashkiloti“ni sotib olgan[10].
2015-yil 28-oktabrda, WME/IMG tashkilotni Trampdan sotib olganidan bir oydan koʻproq vaqt oʻtgach, „Fox“ 2015-yil 20-dekabrda boʻlib oʻtadigan „Miss Universe 2015“ tanlovini va „Miss USA 2016“ni efirga uzatish huquqini qoʻlga kiritganini maʼlum qildi[11][12]. Tanlov AQShning Nevada shtati, Las-Vegas shahridagi „Planet Hollywood“ning „The AXIS“ teatrida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan edi[13]. Dekabr oyida „Azteca América“ tanlovni efirga uzatish huquqini qoʻlga kiritdi[14].
Ishtirokchilarni tanlanishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tanlovda 80ta mamlakat va turli hududdan ishtirokchilar saralab tanlab olindi.
Amina Dagi „Miss Avstriya 2012“, Annika Grill „Miss Avstriya 2015“, ikki tanlovning bir-biriga qarama-qarshi jadvallari tufayli faqat „Miss World 2015“ da qatnashganidan soʻng Avstriya vakili etib saylandi[15]. 2015-yilda „Miss France“ tanlovida Kamil Serf „Miss Universe 2014“ tanlovida esa Flora Kokerel ishtirok etishi zarur edi. Ikki delegat oʻrtasida oʻzgarish „Miss Universe“ va „Miss France 2016“ oʻrtasidagi taqvimdagi ziddiyat tufayli yuz berdi, bunda Serf shartnoma boʻyicha ishtirok etishi shart edi[16]. „Miss Gabon 2015“ tanlovining uchinchi sovrindori boʻlmish Ornella Obone Gabonni vakillik qilish uchun tayin qilindi. Reine Ngotala, „Miss Gabon 2015“ ikki tanlovning bir-biriga qarama-qarshi taqvimi tufayli faqat „Miss World 2015“da ishtirok etagan[17]. Livanlik Sintiya Samuel, rossiyalik Vladislava Evtushenko va janubiy afrikalik Refilve Mtimunye ham oʻzlarining asl unvon egalari — „Miss Lebanon“ Valeri Abu Chakra, „Miss Russia 2015“ Sofiya Nikitchuk „Miss South Africa 2015“ tanloviga layoqatsiz boʻlganidan soʻng tayinlanganlar[18][19].
Barbara Ljiljak dastlab „Miss Universe“ tanlovida Xorvatiya vakili boʻlishi kerak edi. Biroq, Ljiljak tanlovga joʻnab ketishdan bir necha soat oldin qoʻlini sindirib olgani sababli, „Miss Universe“ tanlovida qatnasha olmadi va tanlovni tark etdi. Voqea tufayli „Miss Croatia 2015“ tanlovining ikkinchi sovrindori Mirta Kustan Xorvatiya vakili sifatida mas’uliyatni oʻz zimmasiga oldi va shu bilan birga tanlovda ishtirok etdi[20][21]. Kushbu Ramnawaj, „Miss Mauritius 2014“, dastlab „Miss Universe“ tanlovida Mavrikiy vakili boʻlishi kerak edi. Ammo, Miss Mauritius sifatida oʻz majburiyatlarini bajara olmaganligi tufayli, Ramnawaj oʻrniga „Miss Mauritius 2014“ tanlovining birinchi ikkinchi sovrindori Sheetal Xadun keldi[22][23].
Tanlov paytida sodir boʻlgan voqealar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Eshittirish gʻolib bilan bogʻliq xato tufayli butun dunyo ommaviy axborot vositalarining eʼtiborini jalb qildi[24]. Boshlovchi Stiv Xarvi dastlab kolumbiyalik Ariadna Gutierrezni yangi „Miss Universe“ deb eʼlon qildi. Toj kiyishdan bir necha daqiqa oʻtgandan soʻng, Xarvi sahnaga qaytib, kechirim soʻradi va Gutierrez birinchi, Filippinlik Pia Vurtzbax esa gʻolib boʻlganini maʼlum qildi. Keyinchalik u gʻolibning ismini oʻqiyotganda sarosimaga tushib qolganini, chunki kartada ikkala ism ham borligini va u faqat Kolumbiya nomi bilan 1-chi payqaganini aytib, uzr soʻradi[25]. Shu tufayli, Paulina Vega oʻzining haqiqiy vorisi sifatida Gutierrezdan toj va belbogʻni olib tashlashga hamda Vurtzbax tojini oʻrnatishga majbur boʻlgan edi[26]. Toj kiyish marosimidan keyin, Gutierres hamkasblari qurshovida boʻlgan voqea tufayli yigʻlab yuborgan. Vurtzbax Gutierrez bilan gaplashmoqchi boʻldi, biroq uning nomzodlaridan biri „orqaga qadam qoʻyishni“ aytdi, boshqalari esa uni butunlay rad etishdi[27].
Joylashuvlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Maxsus mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mukofot | Musobaqa ishtirokchisi |
---|---|
Miss Congeniality |
|
Miss Fotogenik |
|
Eng yaxshi milliy libos
[tahrir | manbasini tahrirlash]Joylashtirish[28] | Musobaqa ishtirokchisi |
---|---|
Gʻolib |
|
Top 5 |
Tanlov
[tahrir | manbasini tahrirlash]2014-yildagi kabi, oʻn besh yarim finalchi suzish va kechki liboslar tanlovi va yopiq intervyulardan iborat dastlabki tanlov orqali tanlangan. Eng yaxshi 15 kishi suzish kostyumi tanlovida ishtirok etish uchun tanlab olindi. 10 nafari kechki liboslar tanlovida oldinga chiqdi. Beshta ishtirokchi eng yaxshi beshlikka kirdi hamda savol-javob qismida ishtirok etadi. Beshtadan uchtasi Finalga chiqadi va yakuniy savol va yakuniy yurishda ishtirok etadi. Ushbu nashrda birinchi marta tanlovda real vaqt rejimida ovoz berish tizimi joriy etilgan edi. Tomoshabinlar jonli efirda mayo, kechki libos, savol-javob va yakuniy savol bosqichlarida ishtirokchilarga ovoz berishlari mumkin. Global ovoz berish va Final qismiga kirmaydigan 77 ta ishtirokchi keyingi „Miss Universe“ kim boʻlishini aniqlashga yordam beradi[29].
Tanlov komissiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Dastlabki musobaqada
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Erika Albies — IMG global moda aloqalari boʻyicha vitse-prezidenti[30]
- Erin Bredi — Konnektikutdan 2013-yilda Miss AQSh[30]
- Xulio Karo — Mustaqil kino va televidenie produseri va isteʼdod menejeri[30]
- Keiko Uraguchi — WME/IMG uchun raqamli hamkorlik direktori[30]
- Nishel Tyorner — Emmi mukofotiga sazovor boʻlgan Entertainment nashri muxbiri[30]
- Rokki Motvani — yaqinda oʻzining birinchi fintech kompaniyasi Jiko Servicesni asos solgan tadbirkor[30]
- Zak Soreff — Koʻngilochar marketing boʻyicha mutaxassis[30]
Yakuniy telekoʻrsatuvdagi tanlov komissiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Emmitt Smit — sobiq kollej va professional futbolchi[31][32]
- Niecy Nash — Emmi mukofotiga nomzod aktrisa[31][32]
- Oliviya Kulpo -„Miss Universe 2012“ AQSHdan[31][32]
- Peres Xilton — blogger, sharhlovchi va televizion shaxs[31][32]
„Miss Universe 2015“ koʻrik tanlovida 80 nafar ishtirokchi gʻoliblik uchun kurash olib bordi[33][34].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Koblin, John. „Trump Sells Miss Universe Organization to WME-IMG Talent Agency“ (en-US). The New York Times (14-sentabr 2015-yil). Qaraldi: 15-may 2022-yil.
- ↑ Gutierrez, Lisa. „Univision cuts ties with Miss Universe over Donald Trump's 'insulting remarks about Mexican immigrants'“. The Kansas City Star (25-iyun 2015-yil). 27-iyun 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Hibberd. „Donald Trump slams 'weak, foolish' NBC“ (29-iyun 2015-yil). 29-iyun 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-iyun 2015-yil.
- ↑ 4,0 4,1 Gambino. „Steve Harvey's Miss Universe winner error will live in TV pageant infamy“ (en). The Guardian (21-dekabr 2015-yil). Qaraldi: 15-may 2022-yil.
- ↑ Tinio. „Miss Universe 2015: A crown 42 years in the making“ (en-US) (21-dekabr 2015-yil). Qaraldi: 15-may 2022-yil.
- ↑ Friedlander. „TV News Roundup: Miss Universe Performers; ʻUnderground’ Premiere Date“ (en-US). Variety (14-dekabr 2015-yil). Qaraldi: 14-may 2022-yil.
- ↑ „Miss Universe defends keeping crown despite Trump row“ (en-GB). BBC News (7-iyul 2015-yil). Qaraldi: 19-may 2022-yil.
- ↑ Basu. „Mexico Quits Donald Trump's Miss Universe“ (en) (30-iyun 2015-yil). Qaraldi: 19-may 2022-yil.
- ↑ Parker. „Donald Trump Buys NBC’s Stake in Miss Universe“ (en-US). The Hollywood Reporter (11-sentabr 2015-yil). Qaraldi: 15-may 2022-yil.
- ↑ „WME | IMG Acquires Donald Trump’s Miss Universe Organization“ (en-US). The Hollywood Reporter (14-sentabr 2015-yil). Qaraldi: 15-may 2022-yil.
- ↑ Koblin, John. „Miss Universe Organization Joins Forces With Fox“ (en-US). The New York Times (28-oktabr 2015-yil). Qaraldi: 15-may 2022-yil.
- ↑ Swift. „Miss Universe and Miss USA Pageants Find New Home on Fox“ (en-US). TVLine (28-oktabr 2015-yil). Qaraldi: 15-may 2022-yil.
- ↑ „Miss Universe 2015 pageant gets a confirmed date“ (en-US). Rappler (29-oktabr 2015-yil). Qaraldi: 15-may 2022-yil.
- ↑ Petski. „Azteca America Acquires Spanish-Language Rights To ʻMiss Universe Pageant’“ (en-US). Deadline Hollywood (16-dekabr 2015-yil). Qaraldi: 15-may 2022-yil.
- ↑ „Amina Dagi wird recycled, Annika Grill goes China“ (de). Kronen Zeitung (14-oktabr 2015-yil).
- ↑ Vogel. „Miss Univers 2015 : pourquoi Flora Coquerel représente la France et pas Camille Cerf ?“ (fr). Télé Star (4-noyabr 2015-yil). Qaraldi: 16-may 2022-yil.
- ↑ „Reine Ngotala is MISS GABON 2015“ (en). Gabonews (27-aprel 2015-yil). Qaraldi: 16-may 2022-yil.
- ↑ „[VIDEO Cynthia Samuel to represent Lebanon at Miss Universe 2015 pageant“] (en). Lebanese Broadcasting Corporation International|LBCI (24-noyabr 2015-yil). Qaraldi: 16-may 2022-yil.
- ↑ „Sofia Nikitchuk wins Miss Russia -2015" title“. TASS (19-aprel 2015-yil). Qaraldi: 17-may 2022-yil.
- ↑ „Barbara Ljiljak crowned Miss Universe Croatia 2015“. The Times of India (14-iyun 2015-yil). Qaraldi: 18-yanvar 2022-yil.
- ↑ „"Bilo bi lijepo predstavljati Hrvatsku u Las Vegasu, ali zauzeta sam svojom modnom karijerom"“ (hr). Zadarski list (30-noyabr 2015-yil). Qaraldi: 18-yanvar 2022-yil.
- ↑ „Miss Mauritius 2014: Kushboo Ramnawaj sacrée reine“ (fr). L'Express (Mauritius) (25-iyun 2014-yil). Qaraldi: 16-may 2022-yil.
- ↑ „Kushboo Ramnawaj, Miss Mauritius 2014 : Yannah, la star de Rivi?re du Poste“ (fr). Le Mauricien (3-iyul 2014-yil).
- ↑ „Crown slips as Miss Universe 2015 host names the wrong woman as winner“. The Guardian (21-dekabr 2015-yil). 21-dekabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Ford. „Wrong contestant crowned at Miss Universe 2015“. CNN (21-dekabr 2015-yil). Qaraldi: 19-may 2022-yil.
- ↑ Otis. „Miss Universe Snub Is No Laughing Matter in Colombia“ (en). Time (magazine)|Time (23-dekabr 2015-yil). Qaraldi: 19-may 2022-yil.
- ↑ Min Kok. „'Unseen' footage shows Miss Universe contestants snubbing Miss Philippines in favour of Miss Colombia after mix-up“ (en). The Straits Times (22-dekabr 2015-yil). Qaraldi: 19-may 2022-yil.
- ↑ „Tuk-Tuk dress a winner as Miss Universe contest ends in mix-up (Updated)“. Bangkok Post (21-dekabr 2015-yil). Qaraldi: 16-may 2022-yil.
- ↑ Jimenez. „Miss Universe 2015 launches real-time voting“. Philippine Star (18-dekabr 2015-yil). Qaraldi: 19-may 2022-yil.
- ↑ 30,0 30,1 30,2 30,3 30,4 30,5 30,6 „Photo recap: Miss Universe 2015 preliminary competition“ (en-US). Rappler (17-dekabr 2015-yil). Qaraldi: 19-may 2022-yil.
- ↑ 31,0 31,1 31,2 31,3 Pagulong. „ʻEvery judge voted for Pia’“. Philippine Star (22-dekabr 2015-yil). Qaraldi: 19-may 2022-yil.
- ↑ 32,0 32,1 32,2 32,3 Piwowarski. „Who Are The Miss Universe 2015 Judges? Here's What You Need To Know About The Released Names“ (en). Bustle (magazine)|Bustle (20-dekabr 2015-yil). Qaraldi: 19-may 2022-yil.
- ↑ „Contestants: Miss Universe 2015“. Miss Universe. 28-yanvar 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-noyabr 2015-yil.
- ↑ Fears. „First look: All 80 Miss Universe contestants“ (en-US). Seattle Post-Intelligencer (11-dekabr 2015-yil). Qaraldi: 16-may 2015-yil.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |