[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

yaltiroq

Vikilug‘atdan olingan

Oʻzbekcha (uz)

[tahrirlash]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

yal-ti-roq

Aytilishi

[tahrirlash]

Etimologiyasi

[tahrirlash]

YALTIROQ ’yaltiraydigan’. Elmurodning naza— rida bu ya l t i r o q koʻzlarda butun bir alam yonib turganga oʻxshadi (Parda Tursun). Bu sifat qadimgi turkiy tilda yalt tasvir soʻzining -ïr qoʻshimchasini olib kengaygan shaklidan -a qoʻshimchasi bilan yasalgan feʼlga -gʻ qoʻshimchasini qoʻshib yasalgan (ЭСТЯ, IV, 94); oʻzbek tilida soʻz oxiridagi gʻ undoshi q undoshiga, bi — rinchi boʻgʻindagi a unlisi ä unlisiga, q undoshi oldi — dagi a unlisi â unlisiga almashgan, ï unlisining qattiqlik belgisi yoʻqolgan: [(yalt + ïr = yaltïr) + a = yaltïra-] + q = yaltïraq > yältirâq.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]

1 Yalt-yalt qiladigan, shu da-rajada tiniq. ◆ Yaltiroq shisha. Yaltiroq tanga. Yaltiroq narsa oltin boʻlavermaydi. Ma-qol . shsh ◆ Ikki qulogʻiga oftobni uzib olib qoʻygandek yaltiroq zirak taqqan bir qiz kirdi. S. Ahmad, „Laʼli Badaxshon“ . ◆ Elmu-rodning nazarida, bu yaltiroq koʻzlarda butun bir alam yonib turganga oʻxshadi. P. Tur-sun, „Oʻqituvchi“ . Pichoqning qora sopi yaltillar edi, tigʻi esa qotib qolgan qon bilan oʻz yaltirogʻini yoʻqotgan. \. Shame, Dushman.

2 koʻchma Boʻyoqli, bejama, yuzaki. ◆ U[Mash-hadiy] sultonlarni, beklarni puchak, lekin koʻz qamashtirgich yaltiroq soʻzlar bilan madh etmoqqa mohir. Oybek, „Navoiy“ . Chunki sen muhabbat bogʻlagan erkak senga oʻzining yal-tiroq qirralarini koʻrsatadi. A. Qahhor, Sarob.

Usti (yoki sirti) yaltiroq — ichi qaltiroq q. ust. ◆ Sirti yaltiroq — ichi qaltiroq bu uylardagi kamchiliklarni bartaraf etish ilinjida ustasi farang quruvchilar bosh-ligʻiga uchrayverib, oyoqlarimizda darmon qol-madi. "Mushtum" .

Sinonimlari

[tahrirlash]

Antonimlari

[tahrirlash]

ЯЛТИРОҚ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

[tahrirlash]

yaltiroq
блеск, лоск, глянец; // блестящий, сверкающий, глянцевый, глянцевитый; ◆ yaltiroq etik сапоги с глянцем; ◆ usti yaltiroq, ichi qaltiroq см. ◆ ust 1; yaltiroq soʻzlar внешне привлекательные, но пустые (бессодержательные) слова.