uchqun
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
[tahrirlash]uch-qun
Aytilishi
[tahrirlash]Etimologiyasi
[tahrirlash]UCHQUN ’olovdan sachrab turadigan zarracha'. Tan-dir ogʻzidan uchqunlar sachrardi. Bu ot eski oʻz — bek tilida uch- feʼlining ’havo boʻylab tez harakatlan-’ maʼnosidan -qun qoʻshimchasi bilan yasalgan (КРС, 812): uch- + qun = uchqun.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.
Maʼnoviy xususiyatlari
[tahrirlash]Maʼnosi
[tahrirlash]1 Yonib yoki laqqa choʻgʻ boʻlib turgan moddadan otilib, uchib chiquvchi zarra.. ◆ Yiltiragan choʻgʻ yerga tushib, ojiz uchqunlar sachratib soʻndi. M. Muhamedov, „Qimmat bilan Himmat“ . ◆ Toʻxta xola tandir-ga oʻt qoʻyganga oʻxshaydi, koʻcha tomonga goh-goh uchqun uchib turibdi. I. Rahim, „Chin mu-habbat“ .
2 Narsalarning bir-biriga tegishi, urinishidan hosil boʻluvchi olov-zarra. Tohir boltani., goh qulfga, goh darvoza zanjirining zulfiniga urar, temirdan uch-qun sachrar.. edi. P. Qodirov, Yulduzdi tun-lar. ◆ Koʻkrak choʻntagidan moʻʼjazgina yalti-roq qutichani olib, bir joyini bosgan edi, "chirs" etib uchqun sachrab, qutichaga oʻrna-tilgan pilik alanga oldi. K. Yashin, „Hamza“ .
3 Narsalarning sachraydigan, sochila-digan eng mayda boʻlagi, zarrasi. Temir uch-quni. m ◆ Sovuq shamol zoʻrayib, qor uchqunla-ri burunga, koʻzga, peshonaga urila boshladi. H. Gʻulom, „Mashʼal“ . ◆ Qalin, qora bulut yana bitta-bitta sovuq uchqun tashlab, hamma yoqni qoplab olgan. Oʻ. Hoshimov, „Ikki surat“ .
4 koʻchma Sezgi, hissiyot, qobiliyat va sh.k. belgisi. ◆ Lekin koʻnglida goho yilt etgan uchqun chaqnaydi. Bu —umid, roʻshnolik, najot uchquni. S. Siyoyev, „Avaz“ . ◆ ..bu xotinda, shirin-soʻzligi va tashqi koʻrinishini hisobga olma-ganda, satanglikdan uchqun ham yoʻq edi. S. Zunnunova, „Gulxan“ .
Sinonimlari
[tahrirlash]Antonimlari
[tahrirlash]УЧҚУН. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.
Tarjimalari
[tahrirlash]Ruscha ru
uchqun
1 искра; ◆ elektr uchquni электрическая искра; Leninning "Iskra" gazetasi "Uchqun alangaga aylanadi" degan epigraf bilan chiqar edi «Из Искры возгорится пламя», - с таким эпиграфом выходила ленинская газета «Искра»;
2 перен. искра; ◆ umid uchqunlari искры надежды; ◆
- qor uchquni снежинка; ◆ oʻtdan bir uchqun (букв. одна искорка из пламени) капля в море.