[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

ter

Vikilug‘atdan olingan

Oʻzbekcha (uz)

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

ter

Aytilishi

Etimologiyasi

TER 'teri ostidagi maxsus bezlar ajratadigan suvsimon shaffof suyuqlik'. Uyning dimligidanmi yoki ogʻrih azobidanmi, uning peshanasida mayda t ye r tomchilari yaltirardi (Saida Zunnunova). Qadimgi turkiy tilda ham shunday maʼnoni anglatgan bu ot asli tär | tżr tarzida talaffuz qilingan (ПДП, 429; ЭСТЯ, III, 203; Devon, I, 191); keyinroq ä | e unlisi ye unlisiga almashgan (ДС, 553): tär | ter > ter.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.

Maʼnoviy xususiyatlari

Maʼnosi

1 Ter bezlari ajratib chiqaradi-gan tiniq suyukdik. ◆ Badanidan ter chiqdi. Terga botmoq. Peshonasini ter bosdi. Aʼzo-yi badanidan ter quyilardi. Ter bez/tri. n ◆ Uning yelkasiga va turtib chiqqan beliga terdan namiqqan koʻylagi yopishib qolgan. S. Anorboyev, „Oqsoy“ . ◆ Peshonasidan doʻlday oqayotgan terlarini oʻng qoʻli bilaan halloslab artayotgan mingboshiga Soli sovuq jiydagul piyolada koʻk choy tutdi. M. Ismoiliy, „Fargʻona tong otguncha“ .

2 koʻchma Mehnat. ◆ Yer kuch bilan, ter bilan unum beradi. Oybek, „Tanlangan asarlar“ .

Jon teriga tushmoq 1) qattiq tirish-moq, bor kuchini sarflamoq. ◆ Jon teriga tushib ishlamoq; 2) qattiq azoblanmoq, „azobning, ogʻriqning zoʻrligidan majolsiz-lanmoq, holdan toymoq“ . ◆ Otlar jon teriga tushib kishnaganlaricha yiqila boshladi, oyoqlari ot ostida qolgan suvorilar ham merganlarning oʻqini yeb, yer tishlab qola-verdilar. M. Osim, „Iskandar va Spitamen“ . Peshona teri q. peshona. ◆ Hammasi senu men-daqalarning peshona teridan bino boʻlgan. P. Tursun, „Oʻqituvchi“ . ◆ Axir kambagʻal xalq oʻz qoʻl kuchi, peshona teri bilan kun koʻrshiga ham iloj topolmay qoldi. Oybek, „Tanlangan asarlar“ . Ter toʻkmoq Mehnat sarflamoq, as-toydil mehnat qilmoq. Men kuchimni, te-rimni toʻkay, foydasini soyaparvar boylar koʻrsin.. Qani insof! Oybek, Tanlangan asarlar. ◆ Ish sharoiti nihoyatda ogʻir edi. Har kupi 12—14 soatlab ter toʻkishga toʻgʻri kelardi. T. Alimov, „Haqiqat yengdi“ .

Sinonimlari

Antonimlari

ТЕР. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

ter
пот, испарина; // потовой; ◆ terga botmoq или ◆  terga pishmoq или ◆  terga gʻarq boʻlmoq обливаться потом; ◆ betidan terini artmoq (или sidirmoq) вытирать пот с лица; ◆ undan ter quyilib turardi пот градом катился с него; ◆ ter toʻkmoq 1) обливаться потом; 2) перен. поливать потом; трудиться в поте лица; ◆ peshana teri toʻkib top(il)gan заработанный честным трудом, трудовой; заработанный в поте лица; ◆ ter bezlari (или ◆  ter chiqaruvchi bezlar ) анат. потовые железы.

Turkcha (tr)

ter

ter