[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

tarix

Vikilug‘atdan olingan

Ozarbayjoncha (az)

Ot

tarix

Oʻzbekcha (uz)

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

ta-rix

Aytilishi

Etimologiyasi

Maʼnoviy xususiyatlari

Maʼnosi

[a. — oʻtmish; davr, vaqt,

era; sana; tarix] 1 Ijtimoiy taraqqiyot jarayonida yuzaga kelgan voqelik, hayot. ◆ Tarix dialektikasi. Tarix qonunlari. yaya Ba-shariyat tarixi zulm, haqsizlik, talonchilik davrini poymol etib, erk va adolatning nurli asriga gʻolibona yurayotir. Oybek, „Nur qidirib“ .

2 Oʻtmishga oid fakt va hodisalar maj-mui; oʻtmish, kechmish. ◆ Tarixingdir ming asr-lar ichra pinhon, oʻzbegim.. E. Vohidov, „Mu-habbat“ . ◆ Faqat uch tup qayragʻochgina koʻhna tarix nishonasi boʻlib turibdi. I. Rahim, „Ixlos“ . ◆ Tarixdan shu narsa maʼlumki, inso-niyatga qilingan yovuzlik va jinoyat hech qa-chon jazosiz qolmagan. Gazetadan .

3 Biror narsa, voqea-hodisa yoki shaxs-ning oʻtmish hayoti. ◆ Qishloqning tarixi. Sav-do munosabatlari tarixi. Korxona tarixi. vt Ota-bobolaridan eshitgan shahar tarixi, chekkan jabru jafolari koʻz oldidan oʻtardi. Mirmuhsin, „Meʼmor“ . ◆ Sizga Mada-min toʻgʻrisida maʼlumot kerakmi? Mada-minning tarixini Yusvali togʻam yaxshiroq biladi. P. Tursun, „Oʻqituvchi“ . ◆ Nimasini ay-tasiz, bu odamning tarixi ham olam-ja-hon. S. Karomatov, „Oltin kum“ .

4 Jamiyat va davlatlar oʻtmishi taraq-qiyotini oʻrganuvchi fan. ◆ Yangi tarix. Oʻrta ayerlar tarixi. Oʻzbekiston tarixi. Jahon tarixi.

5 Tabiat va jamiyatning, undagi maʼlum sohalarning rivojlanishi, oʻzgarishi bilan bogʻliqtomonlarni oʻrganuvchi fan. ◆ Mu-siqa tarixidan dare bermoq. Tilshunoslik tarixi.

6 Biror narsa, voqea-hodisaning yuz be-rishi bilan bogʻliq maʼlumotlar majmui. ◆ Men achchiq oilaviy fojianing tarixini bilib oldim. "Yoshlik" . ◆ Er-xotin ayta bersa, bu janjsting tarixi biron yozuvchining qoʻliga tushea, kattakon bir kitob boʻladi-gan. A. Qahhor, „Asarlar“ .

7 Biror ishning bajarilganligini, biror voqea-hodisa qachon boʻlib oʻtganli-gini, mashhur kishilarning tavalludi va vafotini koʻrsatuvchi aniq kalendar vaqt, sana (mumtoz adabiyotdagi sanʼat turi sifatida "taʼrix" deb ham yuritiladi). ◆ Qoʻl-yozmaning tarixini aniqlamoq. yash Oʻng to-mondagi toshga arab alifbesining qadimgi imlosida yirik qilib "Maʼrifatxon jan-nat makon", deb yozilgan va hijriy bilan "1335", deb tarix qoʻyilgan edi. A. Qaqhor, „Xotinlar“ .

uning davolanishi haqida davolovchi vrach tomonidan tegishli maʼlumotlar yozib bo-riladigan varaqa. Professor kasallik ta-rixiga nima deb diagnoz yozishni bilolmay.. shartli ravishda "Negativ" deb atadi. "Yosh-lik".

Kasallik tarixi Kasalning ahvoli va maganlar. Mirtemir va A. Poʻlat, Sirdaryo

Sinonimlari

Antonimlari

ТАРИХ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

OʻTIL

tarix
1 история; // исторический; ◆ adabiyot tarixi история литературы; ◆ Oʻzbekiston tarixi история Узбекистана; ◆ qadimgi tarix древняя история; ◆ bu voqeaning tarixi shunday boʻlgan edi история этого происшествия такова; ◆ tarix oʻqituvchisi учитель истории;◆ sinfiy kurash tarixi история классовой борьбы; ◆ tarix fanlari kandidati кандидат исторических наук;
2 дата; хронограмма; ◆ Madrasa peshtogʻiga uning qurilish tarixi yozib qoʻyilgan на портале медресе написана дата его постройки;
3 летопись.