[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

tanglay

Vikilug‘atdan olingan

Oʻzbekcha (uz)

[tahrirlash]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

tang-lay

Aytilishi

[tahrirlash]

Etimologiyasi

[tahrirlash]

TAŊLAY ' ogʻiz boʻshligʻining tepa tomoni'. [Qud-ratning] lablari hovjiragan, tanglayi hurigan, ranglari oʻchgan edi (Z.Fatxullin). Bu ot qa-dimgi turkiy tilda mavjud boʻlib, 'yuqori', 'tepa' maʼnosini anglatgan täŋ soʻzidan (ДС, 552: teŋi-'podnimatsya’) eski oʻzbek tilida -lä qoʻshimchasi bilan yasalgan feʼlga -y qoʻshimchasini qoʻshib yasalgan (КРС, 702): (täŋ + lä = täŋlä-) + y = täŋläy.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.
Ushbu so‘z Mo‘g‘ulchadan kelib chiqadi.

Ogʻiz boʻshligʻining yuqori devori; qattiq va yumshoq tanglaydan iborat boʻlib, ogʻiz boʻshligʻini burun boʻshli-gʻidan ajratib turadi. ◆ Qattiq tanglay. Yumshoq tanglay. Tilni tanglayga tegizmoq. m Sekin'shaftolining

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]

Og'iz bo'shlig'ining yuqori devori; qattiq va yumshoq tanglaydan iborat bo'lib, og'iz bo'shlig'ini burun bo'shlig'idan ajratib turadi.

◆ poʻstini archsang, ogʻzingga solib, tiling bilan tanglayingga bossang-u, suvini qult-qult yutsang. A. Qahhor, „Koʻk konvert“ .

Tanglayi taqillab ketdi yoki tanglayi quridi Ortiq suvsab, tomogʻi qaqrab ketdi. ◆ [Qudratning] Lablari qovjiragan, tanglayi qurigan, ranglari oʻchgan edi. 3. Fatxullin,
Soʻnmas yulduz. Tanglayini koʻtarmoq (yoki bosmoq) etn. Chaqaloqning tanglayini bosh-maldoq bilan bosmoq. Tanglayini.. bilan koʻtargan Birikma tarkibidagi "bilan" koʻmakchisi bilan bogʻlangan soʻz anglatgan narsa, gap-soʻz (uni qilish, aytish, qoʻllash) shaxsga yoshlikdan odat ekanligini, yosh-liqdan tekkan "kasal" ekanini bildiradi ("qoʻndoqsa tekkan" iborasi maʼnosiga yaqin maʼno bildiradi). ◆ Uning tanglayini pul bilan koʻtargan. Tanglayini soʻkish bilan koʻtargan (Koʻp soʻkinadigan, „soʻkinib gapi-radigan shaxsga nisbatan qoʻllanadi)“ . Tanglayini taqillatmoq Tanglay bilan til ora-sidan taqillagan ovoz chiqarmoq (hayrat, inkor va sh.k. maʼnolar ifodalash uchun). ◆ -Hech kimda yoʻqmi-a? — parishon bir holda soʻradi Buviniso. Koʻzlari miltshshgan bola, gapirishga madorsizdek, tanglayini taqil-latib, bosh chayqadi. P. Tursun, „Oʻqituvchi“ . Tili tanglayiga yopishmoq Hayajon, gʻazab, qoʻrquv va sh.k. sabablar tufayli gapirolmay qolmoq. ◆ Mahmudjonni muzdek ter bosdi. Nimadir demoqchi edi, tili tanglayiga yopishdi. "Mushtum" .

</a>*351 yeyeg

Sinonimlari

[tahrirlash]

Antonimlari

[tahrirlash]

ТАНГЛАЙ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

[tahrirlash]

tanglay
нёбо; ◆ qattiq tanglay твёрдое нёбо; ◆ yumshoq tanglay мягкое нёбо; ◆ orqa tanglay заднее нёбо; ◆ tanglayni taqillatmoq щёлкать языком (в знак отрицания); - ◆ Yoʻq! - deb tanglayini taqillatdi Mastura (П. Турсун. Ўќитувчи») - Нет, - щёлкнула языком Мастура; ◆ uning tanglayi taqillab ketdi его мучит жажда, ему сильно хочется пить; у него пересохло в горле.