[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

sel

Vikilug‘atdan olingan

Oʻzbekcha (uz)

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

sel

Aytilishi

Etimologiyasi

a. — oqim; soy, anhor, jilgʻa

Maʼnoviy xususiyatlari

Maʼnosi

1 Shiddatli, kuchli yogʻin; jala. ◆ Tomchi — sel boʻlmas, Dushman el boʻlmas. Maqol. ■■ ◆ May oyi tugab boryapti-yu, haliyam har kuni yom-gʻir, har kuni sel. N. Aminov, „Qahqaha“ . ◆ Bahor-da qattiq sel yogʻib, daia betini qatqaloq qopladi. Gazetadan .

2 Togʻli hududlarda shiddatli yomgʻirdan, jaladan yoki qor erishidan hosil boʻladi-gan, aholiga, xalq xoʻjaligiga katta zarar keltiradigan kuchli loy-suv oqimi. ◆ Toʻsat-dan kelgan sel oqimi Tollimarjon bosh kor-pusida qurilayotgan kotlovanga urilib, ish-ni taqqa toʻxtatib qoʻydi. Gazetadan . ◆ Sel yuvib ketgan yoki yozning qattiq girdoblari yalagan taqir yerlarning mayda toshlari oyoq ostida gʻijirlardi. S. Ayniy, „Qullar“ .

3 Goʻshtning suvi, qoni. ◆ Seli bshshn qo-vurilgan jigar. n ◆ Ha, mulla aka, quling oʻrgilsin kabob bor, yeysizmi? Seli jizshiab turibdi. Oybek, „Ulugʻ yoʻl“ . ◆ Necha bor eʼtibor bergandirsiz, har qanday goʻsht tuzlanganda, seli chiqib ketadi. K. Mahmudov, „Oʻzbek tan-siq taomlari“ .

4 koʻchma Quyoshning kuchli harorati; quyosh nuri oqimi. ◆ Quyosh seliga miriqib choʻmilgan yam-yashil dala barq uradi. J. Abdullaxonov, „Oriyat“ . ◆ Osmon begʻubor, tiniq, oftob seli goʻdak kulgusiday yoqimtoy edi. O. Yoqubov, „Koʻhna dunyo“ .

5 koʻchma Sel tomchilari kabi shiddatli va behisob. ◆ Miltiqlardan oʻq seli yogʻdiri-lib, "ura" sadolari qum sahrosini larzaga keltirdi. J. Sharipov, „Xorazm“ .

6 koʻchma Biron-bir voqea-hodisaning, jarayonning kuchli, koʻpaygan holati, oqimi. ◆ Gʻam seli, m ◆ Elmurod shunday oʻylar selida gʻarq boʻlib, uyqusi qochdi. Shuhrat, „Shinelli yillar“ . ◆ Yoshi yigirma ikkiga qadam qoʻyganda, Beruniyni ham hodisalar seli yumalatib, oʻzi bilan birga janubga olib ketdi. M. Osim, „Jayhun ustida bulutlar“ .

Sel boʻlmoq 1) zavqlanib huzur qilmoq; yayramoq; erimoq. sekin bosh chayqamoq. ◆ -Du-tor chalganimda, [Sulaymon] sel boʻlib oʻti-rardi, — dedi Mehri ona. A. Eshonov, „Dutor; 2) duv-duv, juda koʻp oqmoq“ . ◆ Zubaydaning onasi qiziga yashnib-yolvorib, koʻzlaridan yosh sel boʻlib oqib, oʻkrab-oʻkrab yigʻlardi. K. Yashin, „Hamza“ . Sel qilmoq Huzur baxsh etmoq, zavqlantirmoq, eritib yubormoq. ◆ Boltaboy suhbatning guli, qoʻshiq aytsa, odamni sel qiladigan, askiyada payrovdan chiqmaydigan yigit edi. S. Ahmad, „Qadrdon dalalar“ . ◆ Kuy-ning navosi ulfatlarni sel qildi. M. Haz-ratqulov, „Jurʼat“ .

Sinonimlari

Antonimlari

СЕЛ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

sel
1 ливень, проливной дождь; ◆ qattiq sel сильный ливень; ◆ sel yogʻdi хлынул ливень; ◆ sel tindi ливень перестал; ◆ sel suvlari ливневые воды;
2 сель, бурный горный поток (после дождя); ◆ sel keldi хлынул сель, пришли селевые воды; ◆ selday или ◆  sel-sel как ливень; потоки, потоками; ◆ sel-sel oqqan koʻz yoshlari струящиеся потоками слёзы; слёзы градом (букв. ливнем); ◆ sel-sel (boʻlib) terlamoq обливаться потом;
3 сок (мяса); ◆ seli bilan qovurilgan goʻsht мясо, зажаренное с кровью; ◆ 

  • sel boʻlmoq таять от наслаждения, умиляться (от музыки, пения).

Turkcha (tr)

sel

sel