rivoyat
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
[tahrirlash]ri-vo-yat
Aytilishi
[tahrirlash]Etimologiyasi
[tahrirlash]a'. Colj_, - hikoya, qissa; af-sona
Maʼnoviy xususiyatlari
[tahrirlash]Maʼnosi
[tahrirlash]1 Avloddan avlodga oʻtib kelayotgan, vo-qea va hodisalarni, inson faoliyatini baʼzan uydirmalar vositasida, baʼzan real tasvirlovchi ogʻzaki hikoya; naqp, afsona. ◆ Mavlono Lutfiy kabi keksa shoir hali goʻdak Navoiyning oʻzbek tilidagi bir bayti uchun oʻzining.. jamiki gʻazallaridan voz kechishga tayyor ekanini bildirgan ekan. Bu rivoyatga nedeysiz? Oybek, „Navoiy“ . ◆ Baʼzirivoyatlarga qaraganda.. farishtalar, jannatdagi Kdecap suvidan qumgʻonlarimizga quyib ketar emish! M. Muhammadjonov, „Turmush urinishlari“ . ◆ Dengiz, koʻhna rivoyatlardan Bittasini soʻylab bermenga. E. Vohidov, „Nido“ .
2 Umuman, ogʻizdagi ran, hikoya. ◆ Rivoyat qilishlaricha, Dehlida shoh Akbar hukmronlik qilgan zamonda bir savdogar yashar ekan. Gazetadan . ◆ Rivoyatlarga qaraganda, baʼzi bir issiq mamlakatlarning odsshlari harorat-dan darmonlari qurib kun kechirganlar. Gazetadan .
3 koʻchma din. Biror masala yuzasidan shariat qonunlari asosida chiqarilgan hukm, xulosa. ◆ [Gʻofir qoziga:] Bu qanday zulm.. sev-gan xotinimni zolim boy tortib olmoqchi boʻlsa-yu, menga yordam berish oʻrniga boyning yonini olasiz! Rivoyatlar topasiz! Fatvolar yasaysiz.'X, amza, „Boy ila xizmatchi“ . ◆ Ulamolar Yodgor va unga ergashib kelgan xotinni tosh-boʻron qilish toʻgʻrisida rivoyat yozib, eshon Sultonga berdilar. S. Ayniy, „Dohunda“ .
Sinonimlari
[tahrirlash]Antonimlari
[tahrirlash]РИВОЯТ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.
Tarjimalari
[tahrirlash]Ruscha ru
rivoyat
1 предание, сказание; повествование; легенда; ◆ rivoyat qilmoq повествовать;
2 рел. заключение, дававшееся муфтием по какому-либо юридическому или правовому вопросу на основе законов шариата.