[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

patnis

Vikilug‘atdan olingan

Oʻzbekcha (uz)

[tahrirlash]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

pat-nis

Aytilishi

[tahrirlash]

Etimologiyasi

[tahrirlash]

|r. podnos < podnosit — olib kelmoq

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]

1 Idish-tovoq yoki boshqa biror narsani tashish yoxud non, qand-qurs, meva-cheva kabilarni solib, dasturxonga qoʻyish uchun moʻljallangan, keng, yassi, chetlari sal qayrilgan metall yoki plastmassa buyum. ◆ Guldor patnis. m ◆ Xilma-xil, rang-barang qimmatbaho meva-chevalar bilan lim toʻla boʻlgan patnislar ketma-ket yetkazilib turiladi. Oybek, „Tanlangan asarlar“ . ◆ Gʻu-lomjon kulib turib, oldidagi boʻsh qovun kosalarini patnisga soldi. M. Ismoiliy, „Fargʻona tong otguncha“ .

2 Mehmonlarning oldiga qoʻyish uchun tuzalgan shunday idish. ◆ Uning [Mirzaka-rimboyning] kampiri patnis va bir choynak choy olib chiqdi. Oybek, „Tanlangan asarlar“ . ◆ Xoldorxon dasturxonga patnis qoʻyar ekan, engashib turib gapirdi. S. Zunnunova, „Olov“ .

Samovar patnis Samovar ostiga qoʻyi-ladigan patnis.

3 Duxovkada pishiriladigan narsa terib qoʻyiladigan yassi tunuka. ◆ Somsshshrni patnisga terib, duxovkaga qoʻymoq. n ◆ Somsa-larni qizitilgan tandirning jagʻiga yopib yoki patnisi yogʻlangan duxovkaga qoʻyib pishi-rasiz. K. Mahmudov, „Oʻzbektansiqtaomlari“ .

Sinonimlari padnos

[tahrirlash]

Antonimlari

[tahrirlash]

ПАТНИС. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

[tahrirlash]

patnis
1 поднос; ◆ samovar patnis поднос под самовар (в форме круга, соединенного с прямоугольником);
2 перен. поднос со сладостями; ◆ patnis yasamoq класть на поднос всевозможные сладости для угощения гостя; ◆ kampir patnis va bir choynak choy keltirdi старуха принесла поднос (со сладостями) и чайник чаю;
3 противень; ◆ somsalarni patnisga terib duxovkaga qoʻymoq уложить пирожки на противень и поставить в духовку.