[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

pakana

Vikilug‘atdan olingan

Oʻzbekcha (uz)

[tahrirlash]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

pa-ka-na

Aytilishi

[tahrirlash]

Etimologiyasi

[tahrirlash]

f. d’L_. — boʻyi, qadsi past

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]

1 sft. Boʻyi oʻrtachadan past, boʻyi oʻsmay qolgan, boʻyi past. ◆ Pakana yigit. n ◆ Bu xotinning yoshi elliklardan oshgan boʻlib, oʻzi pakana, dumaloq edi. S. Zunnunova, „Olov“ . ◆ Bir kuni ishxonada oʻtirgan edim, pakana, qora-cha bir oʻsmir qoʻlida latta sumka bilan kirib keldi. N. Aminov, „Qahqaha“ .

2 Shunday boʻyli shaxs. ◆ Yoʻq, bobom boʻlsa, bunaqa gap chiqmasdi. "Ovozingni oʻchir, pakana", deb bir musht koʻtarsa, oyim pildir-pis boʻp qolardi. Oʻ. Hoshimov, „Ikki eshik orasi“ .

3 Uncha baland boʻlmagan, pastak. ◆ Pakana uy. yash .. behizor manzarasi oʻzgacha, yosh-yosh, boʻyi pakana behi daraxtlarining serhosil shoxlari taralib, yeroʻpib yotmoqda. N. Safarov, „Olovli izlar“ . ◆ Tong otdi, yoʻl chetidagi ikki tup pakana tut tomondan qorashaqshaq shaqillabuchib-qoʻndi. M. Mansurov, „Yombi“ .

Sinonimlari

[tahrirlash]

Antonimlari

[tahrirlash]

ПАКАНА. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

[tahrirlash]

pakana
1 малорослый, низкорослый; низкий;
2 карлик; // карликовый; ◆ pakana daraxt карликовое дерево; ◆ pakana oʻsimlik карликовое растение; ◆ pakana parmi или ◆  mitti pakana маленький и низенький (обычно о низкорослом ребёнке); ◆ pak-pakana очень низкий, низенький; ◆ pak-pakana imorat низенькая постройка; ◆ pak-pakana boʻyi bor, yetti qavat toʻni bor загадка ростом низенький, а на нём семь халатов (луковица); соотв. семьдесят одёжек, и все без застёжек.