[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

iz

Vikilug‘atdan olingan

Turkcha (tr)

iz

iz

Oʻzbekcha (uz)

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

iz

Aytilishi

Etimologiyasi

IZ ’biror narsadan qolgan nishona (botiq joy, kir kabilar)’. Bu yerdan yuk mashinasi oʻtganligi i z i d a n koʻrinib turibdi. Qadimgi turkiy tilda ham shunday maʼnoni anglatgan bu ot asli ï:z tarzida talaffuz qilingan (ЭСТЯ, I, 649), oʻsha davrlardayoq ï: unlisining avval choʻziqlik (ДС, 221), keyinroq qattiq-lik belgisi (ДС, 216) yoʻqolgan: ï:z > ïz > iz.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.

Maʼnoviy xususiyatlari

Maʼnosi

1 Biror narsa sathida (yuzasida) boshqa narsaning tegishi, bosilishi va sh. k. natijasida undan qolgan, uni bil-diruvchi aksi. ◆ Barmoq izi. Oyoq izi. Gʻildi-rak izi. shsh Bu yerda giyoh ham qolmabdi. Fa-sat mol tuyoqlarining tartibsiz izlari koʻrinadi. I. Rahim, „Chin muhabbat“ . Sodiq: Boʻynidan boʻgʻilgan. | ◆ Nodir:] Panja izlari bor. N. Safarov, „Hayot maktabi“ . ◆ Tunda qalin yoqqan qor izlarni berkitishga ulgurgan edi. Gazetadan .

2 Biror narsadan yoki kimsadan qolgan asar, belgi. ◆ Hamma yoqda dahshatli zilzila izlari koʻrinadi: yiqilgan uylar, urilmagan devorlar, vayrona jinkoʻchalar.. M. Ismoi-liy, „Fargʻona t“ . o. ◆ -Samarqandda har qadam-da asrlarning izi bor, — dedi Ahrorov. Oybek, „O“ . v. shabadalar. ◆ Qotillar murdaning shagʻal tagida qolib ketib, umrbod izi yoʻqo-lishini moʻljallagandilar. Gazetadan . ◆ Rahim Saidov surishtirishga qaror qildi.. Balki izi chiqib qolar. Oʻ. Umarbekov, „Yoz yomgʻiri“ .

3 koʻchma Biror narsaning (uni ifoda-lovchi) kichik bir aksi; nishonasi. ◆ Yuzida eski goʻzallikning izlari hali saqlangan qirq yoshli xotin mehribonlik bilan qiziga qara-di. Oybek, „Tanlangan asarlar“ . ◆ ..yuzlarida tabassum izlari koʻrina boshladi-yu, bir zum-da tarqalib ketdi. Oydin, „Hikoyalar“ .

4 Maʼlum yoʻnalishdagi harakat (yurish) tufayli yer sathida qoladigan uzun iz, yoʻl. ◆ U, oʻng tomonga qiyshaygancha ingrab, tepa-likka koʻtarilayotgan mashina izidan odim-lab ketdi. S. Karomatov, „Oltin qum“ . ◆ Soy-lik daryoning bahorgi toshqin vaqtidagi izi boʻlib, "Kichik daryo" nomini olgan, kichik daryo paydo boʻlganda, haligi toʻqay orolga ayla-nar ekan. A. Qahhor, „Qoʻshchinor chiroqlari“ .

5 Bosib oʻtilgan (oʻtilayotgan yoki keli-nadigan) tomon, yoʻl. ◆ Poyezdning qorasi oʻchguncha, moʻltirab qarab turdim, keyin yigʻ-lab-yigʻlab, izimga qaytdim. S. Siyoyev, „Yorugʻ-lik“ . ◆ Izingda termilib qoldi keksa chol, Koʻzda tavajjuhi, duosi tilda. A. Oripov, „Yil-lar armoni“ . ◆ Koʻzim izingga, qulogʻim tovu-shingga zor boʻlib oʻtiribman. Oybek, „O“ . v. shabadalar.

6 Ish-harakat, faoliyatdagi yoʻl, yoʻna-lish. ◆ Menham sizoʻsha tasvirini qilgan ta-barruk zotlar izidan boryapman. K. Yashin, „Hamza“ . ◆ Bu uyda ikki xotin olish bir rasm boʻlib qolgan ekan. Erim otasi, akasi izidan ketib, ustimga xotin olsa-ya.. Oybek, „Tanlangan asarlar“ .

7 Tramvay, poyezd va sh. k. gʻildiraklari ostiga (yurish uchun) yotqiziladigan maxsus kurilma. ◆ ..bu yigitlar olomonning oldiga tu-shib, temir yoʻlni bosdilar va bir soatda bir necha chaqirim temir yoʻlning iz va shpallarini buzib taishadilar. S. Ayniy, „Qullar“ .

Iz olmoq Izni belgilamoq, topmoq. ◆ Poshsholikda iz oladigan izchilarni shahar-ning toʻrt tarafiga joʻnatdi. "Nurali" . Iz quvmoq 1) izidan (orqasidan) taʼqib qil-moq, iziga tushmoq. ◆ Suvonjon bir qadam ham chetga chiqmasdan, jilgʻaning ogʻzigacha iz quvibbordi. S. Anorboyev, „Oqsoy; 2) topish, aniqlash harakatida boʻlmoq“ . Izga tushmoq 1) oʻz yoʻliga tushmoq (daryo haqida); 2) toʻgʻ-ri, maqbul yoʻl (holat) kasb etmoq, tar-tibga tushmoq (ish, faoliyat haqida). ◆ Sher-bek qidirgan narsasini Toshkentdan topib kelgan, bu yerdagi ishlari izga tushib ketgan bir payt edi. S. Anorboyev, „Oqsoy“ . Izdan chiqmoq 1) yoʻlidan (izidan) chetga chiqmoq. ◆ Tramvay izdan chiqibdi; 2) tartibli yoʻli buzilmoq, „ish, faoliyati yomon tomonga oʻzgarmoq“ . ◆ Mehnat intizomi izdan chiqqan, hamma tarmoqda boshboshdoqlik, egasizlik hukm suryapti. "Mushtum" . ◆ Koʻzboʻyamachilik va xushomadgoʻylik yoʻliga oʻtib olib, qancha rah-barlar izdan chiqmadi, jamiyatga qancha za-rar keltirmadi. E. Yusupov, „Istiqlol yoʻlida“ . Iziga tushmoq 1) ayn. izga tushmoq ◆ Keyin hayot yana oʻz iziga tushib ketadi. O. Yoqubov, „Er boshiga ish tushsa; 2) taʼqib qilmoq, taʼqibida boʻlmoq“ . [◆ Saodat:\ Uying kuygur mirshablar izingga tushib quvladi-mi? Oybek, „Kutlugʻ qon; 3) bir yomon ish qilish yoʻliga tushmoq; payiga tushmoq“ . ◆ [Navoiy:\ Koʻrinib turibdiki, raqiblar izimga tushib, menga chuqur qazimoqdalar. M. Osim, „Ajdodlarimiz qissasi“ . Iziga qaytmoq 1) tezda kelgan yoʻliga (tomoniga, joyiga) qaytmoq. ◆ Borgin-u izingga qayt; 2) asl, „av-valgi holiga oʻtmoq (tushmoq)“ . ◆ Ishlar yana iziga qaytdi.

Sinonimlari

Antonimlari

ИЗ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

iz
1
след, следы; отпечаток; ◆ arava ~i след колёс арбы; ◆ boʻrining ~i след волка; ◆ ilon ~i 1) змеиный след; 2) извилистая лента (напр. реки, дороги); ◆ ~ solmoq (или tushirmoq) провести линию; проложить путь; ◆ ~ qoldirmoq оставлять след, отпечаток; ◆ ~ quvmoq идти по следам, преследовать; ◆ ~ga tushmoq 1) попасть на свой путь, в своё русло (напр., о реке); 2) перен. налаживаться; ◆ ~ga solmoq (или tushirmoq) налаживать, исправлять; ◆ ~iga tushmoq преследовать (кого-л.), гнаться (за кем-л.); следить (за кем-л.); ◆ ~iga qaytmoq вернуться (по своим следам) назад; ◆ borgin-u, ~ingga qayt сходи и тут же возвращайся; ◆ ~dan bormoq идти по следам; ◆ arslon ~idan, yigit soʻzidan qaytmas посл. лев не возвращается по своему следу, джигит не изменяет своему слову; ◆ ~i bitdi (букв. его след кончился) он пропал, погиб; умер; ◆ Pul topmasang, qamalasan, bitar ~ing! (Ойбек, «Зафар ва Заћро») Если не достанешь денег, попадёшь в тюрьму и погибнешь!; ◆ ~ma-~ следом, по пятам; ◆ orqasidan ~ma-~ bormoq идти следом (за кем-л.);
2 колея; линия; рельсы; ◆ ~dan chiqmoq 1) сойти с рельс; 2) выбиться из колеи; испортиться, выйти из строя;
3 русло; ◆ daryoni yangi ~ga solmoq отвести реку в новое русло;
4 перен. русло, колея; ◆ Men xohlar edim-ki, bu tarqoq harakat bir ~ga tushsa (А. Ќаћћор, «Сароб») Мне хотелось бы, чтобы эти разрозненные действия слились в одно (общее) русло.

Turkcha (tr)

iz

iz