[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

hoʻkiz

Vikilug‘atdan olingan

Oʻzbekcha (uz)

[tahrirlash]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

hoʻ-kiz

Aytilishi

[tahrirlash]

Etimologiyasi

[tahrirlash]

HOʻKIZ 'bichilgan erkak qoramol'. ◆ Er-u xotin — qoʻsh hoʻkiz Maqol . Bu ot qadimgi turkiy tilda öküz tarzida talaffuz qilingan (ПДП, 406; Devon, I, 91; DS, 383), ögoʻz shakli ham mavjud boʻlgan (ДС, 382: ögoʻz I); keyinchalik soʻz boshlanishiga h undoshi qoʻshilgan, ö, ü unlilarining yumshoqlik belgisi yoʻqolgan, ikkinchi boʻgʻindagi u unlisi i unlisiga almashgan: ökoʻz > höküz > hokuz > hokiz. Bu soʻz asli 'erkak qoramol' maʼnosini anglatgan (ДС, 383), keyinchalik maʼnoda torayish voqe’ boʻlib, faqat 'bichilgan erkak qoramol' maʼnosini anglata boshlagan.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]

1 Ikki yoshdan oshib, qoʻshga yaraydigan holga kelgan bichilgan erkak qora mol. U yerdan suv chiqadi deb oʻylash — ◆ hoʻkiz sut beradi, deb oʻylashday gap. \. Nazir, „Yonar daryo“ . U ◆ kolxozning qoʻsh hoʻkizi bilan oʻz yerini haydamoqda edi. A. Qahhor, „Qoʻshchinor chiroqlari“ .

2 koʻchma soʻk. Shu molga nisbatli haqo-ratni bildiradi. ◆ -Anavi hoʻkizni qarang-u, manavi parini! dedi Zavrak ancha narida oʻz chodiri yonida turgan Xudododbekni yana koʻrsatib.. — biyron va shaddod qiz oʻishning qoʻliga tushyapti. Mirmuhsin, Meʼmor.


Sinonimlari

[tahrirlash]

Antonimlari

[tahrirlash]

ҲЎКИЗ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

[tahrirlash]

hoʻkiz (koʻplik hoʻkizlar)

hoʻkiz
1 вол; ◆ bir juft ~ пара волов; ◆ qoʻsh ~ пара волов, запряжённых (или запрягаемых) в соху (омач); ◆ ~day 1) как вол, большой, большущий; ◆ ~day it meni quvladi за мной гналась большущая собака; 2) перен. разг. здоровенный, дюжий;
2 перен. разг. неотёсанный; // балбес.