himoya
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
[tahrirlash]hi-mo-ya
Aytilishi
[tahrirlash]Etimologiyasi
[tahrirlash]a. "l — kimsaning homiy-ligida boʻlish; mudofaa, toʻsiq, gʻov; \omiy-lik
Maʼnoviy xususiyatlari
[tahrirlash]Maʼnosi
[tahrirlash]1 Hayot, ish-faoliyatda boʻladigan yordam, qoʻllab-qoʻltiqlash; homiylik, panoh. ◆ Podshoh hazratlari meni sizning himoyangiz-ga topshirgan edilar! Agar bosqinchilarni topib jazo bermasangiz, men podshoh haz-ratlarining huzurlariga panoh istab ke-tishga majburmen! P. Qodirov, „Yulduzli tunlar“ . ◆ Uhazratning ukalari Boysunqur mir-zo otamlarni va ustoz Qavomni oʻz himoya-lariga olganlar. Mirmuhsin, „Meʼmor“ . ◆ U Bo-burning otasi oʻrniga hukmdor boʻlganini eshitib, undan himoya soʻrash niyatida arkka borgan edi. P. Qodirov, „Yulduzli tunlar“ .
2 Xavf-xatar, hujum kabilardan saq-lash, qoʻriqlash ishi; muhofaza, mudofaa. ◆ Har kupi biror uydan kimdir xayrlashgani ki-rardi. Qishloqning sara yigitlari armiyaga — Vatan himoyasiga ketdilar. I. Raxim, „Chin muhabbat“ . ◆ Himoyada yotgan odamlarga tungi hujum va shovqin-suron ogʻir taʼsir qili-shini Shayboniyxon yaxshi bilar edi. P. Qo-dirov, „Yulduzli tunlar“ .
3 Umuman, biror xavfli, zararli nar-sa-hodisadan saqlash, saqlanish ishi. ◆ Reaktor eye qatlami, temir halqa va beton devordan tashkil topgan kuchli himoya vo-sitasi bilan oʻralgan. "Fan va turmush" . ◆ Mexanizator kabinadan tushib, himoya toʻ-siqlarini yana bir karra tekshirib koʻrdi-da, rulga oʻtirdi. Gazetadan .
4 sprt. Futbol, voleybol kabi oʻyinlar-da komandaning raqib tomon hujumini qaytarish vazifasini bajaruvchi qismi. ◆ Bu oʻyin komandaning himoyasida yetarli muam-molar borligini koʻrsatdi. m ◆ Bunday komanda bilan himoyada turib oʻynash hazilmi ? Biror xatoga yoʻl qoʻyding — baloga qolasan. R. Azizxoʻjayev, „Yashil chayla“ .
5 huq. Sudlanuvchi tarafini olib qili-nadigan xatti-harakat, aytiladigan fikr-mulohaza; oqlovchi tomon.
6 Ilmiy kengash yoki maxsus komissiya muhokamasiga takdim etilgan ishda (dissertatsiya, loyiha va shu kabilarda) olgʻa surilgan qarashlar, fikr-mulohazalarning eʼtirof etilishi va tegishli ilmiy daraja yoki unvonni olishga harakat qilish ishi. ◆ Loyi-hani himoyaga qoʻymoq. a ◆ Poshsha xolaning koʻngli joyiga tushdi. Kuyovining kandi-datlik himoyasi kuni oldingi qatorda savlat toʻkiboʻtirdi. D. Nuriy, „Osmon ustuni“ .
- Himoya qilmoq 1) himoyasiga olmoq, qoʻl-lab-quvvatlamoq, homiylik qilmoq. ◆ Pod-sholik hamma vaqt yurtning obroʻli odam-larini himoya qiladi. Choʻlpon, „Kecha va kun-duz; 2) xavf-xatar, hujum kabilardan qoʻ-riqlamoq“ . ◆ Vatanni himoya qilmoq. n ◆ Yurt-ni bosqinchidan himoya qilish — hammaning ishi! Mirmuhsin, Meʼmor; 3) xavfli, zararli narsa taʼsiridan saqlamoq. ◆ Asalni muntazam isteʼmol qilib mypuui kishini koʻp kasalliklardan himoya qiladi, yuqumli kasalliklardan asraydi. M. Toʻychiyev, „Asa-larichilik; 4) himoya ishini bajarmoq, hi-moyada oʻynamoq; himoyalamoq, himoyalanmoq“ . ◆ Bokschimiz hujum bilan birga himoya qiyaish-ni ham esdan chiqarmaydi\ 5) sudlanuvchi, „ayblanuvchi tarafidan ish yuritmoq; 6) dissertatsiya, loyiha va sh“ .k. ning himoyasini oʻtkazmoq. ◆ Doktorlik dissertatsiyasini himoya qilmoq.
Sinonimlari
[tahrirlash]mudofaa, himoya qilmoq
Antonimlari
[tahrirlash]ҲИМОЯ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.
Tarjimalari
[tahrirlash]Ruscha ru
himoya
1 помощь, поддержка;
2 защита; покровительство;
3 юр. защита; ◆ ~ qilmoq 1) защищать, охранять; покровительствовать; 2) поддерживать; ◆ tinchlikni ~ qilish защита мира;◆ Vatanni ~ qilish har bir SSSR grajdanining burchidir защита отечества - долг каждого гражданина СССР; ◆ ~ qiluvchi 1) защищающий; покровительствующий; 2) поддерживающий; ◆
- ~ga qoʻymoq ставить на защиту (напр. диссертацию).