[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

fil

Vikilug‘atdan olingan

Oʻzbekcha (uz)

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

fil

Aytilishi

Etimologiyasi

FIL Bu ot ПРСda [fil\ shaklidan (374) [pshg] shakliga (102) havola qilingan va u yerda har ikki shakli keltirilgan; ТжРСda psh shaklidan (306) fsh shakpiga (411) xavola qilinib, oʻsha yerda 'sirtga chiqqan ikki kurak tishli va baquvvat xartumli juda katga hayvon', 'shahmat oʻyinida diagonal yoʻnalishda harakat kiladigan sipoh' maʼnolarini anglatishi aytilgan; oʻzbek tiliga fsh shakli shu ikki maʼnosi bilan olingan (OʻTIL, II, 300).
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (III-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.

a. Jjj < f. J^

Maʼnoviy xususiyatlari

Maʼnosi

zool. 1 Afrika va Osiyoda yashaydigan, sutemizuvchilar sinfiga mansub, sirtga chiqqan ikkita uzun, kurak tishli va baquvvat xartumli, oʻsimliklar bilan ovqatlanuvchi ulkan jussali hayvon. Quruqda yashovchi hayvonlarning eng yirigi fildir. "Zoologiya". Chivin koʻplashsa, filni yiqitadi, degan gap bor. I. Rahim, Chin muhabbat.

2 Shaxmat taxtasida burchak harakati (diagonal) boʻyicha istagan katakka yura oladigan sipoh. [ Shayxulislom] E.. E.. Fa-lat, filingizni koʻrmabman. Uygʻun va I. Sultan, Alisher Navoiy.

3 koʻchma Baquvvat, qudratli, katta im-koniyatlarga ega. Xalilov bilan bahslashib oʻtirish shartmi! Xalilov — fil, sen — qoʻchqor. I. Rahim, Ixlos.

Fildan pashsha yasamoq yoki pashshani fil qilmoq Oshirib yubormoq, koʻpirtirmoq; mubolagʻa qilmoq. Siz, oʻrtoq Rafiq, pash-shadan fil yasamoqchi boʻlasiz! N. Safarov, Tanlangan asarlar. -Uzzukun pashshani fil qilib, qayoqdagi gaplarni chulgʻatib yurdin-giz. A. Muhiddin, Hadya. U. rost-yolgʻon xa-barlarning pashshasini fil qilib yetkazib, uyimizni kuydirdi. S. Ayniy, Qullar.


Sinonimlari

Antonimlari

ФИЛ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

fil
1 слон; // слоновый; ◆ urgʻochi ~ слониха; ◆ ~ suyagi слоновая кость; ◆ ~day yigit здоровенный парень;
2 шахм. слон.

Ozarbayjoncha (az)

Etimologiya

Arabcha dan فيل (fīl).

Ot

fil

Datcha (da)

fil

Talaffuz

  • IPA: /fiːl/ [fiːˀl]

Ot

fil

Inglizcha (en)

Ot

fil

Fransuzcha (fr)

Ot

fil

Talaffuz

  • audio (fayl)
  • IPA: /fil/
  • Homofon: file filent files fils Phil -phile

Norvegcha (bokmål) (no)

Ot

fil

Talaffuz

  • IPA: /fiːl/
  • Qofiya: -iːl

Shvedcha (sv)

Ot

fil

Turkcha (tr)

Hol

fil

fil