botqoq
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
[tahrirlash]bot-qoq
Aytilishi
[tahrirlash]Etimologiyasi
[tahrirlash]BOTQOQ ’oyoq qoʻysa, botib ketadigan nam yer’. Mashinaning orha gildiragi bothohha botib holdi. Bu soʻz qadimgi turkiy bat- feʼlidan eski oʻzbek tilida -qaq qoʻshimchasi bilan yasalgan sifat boʻlib (ЭСТЯ, II, 80), sifatlanmishisiz ishlatilish oqibatida (batqaq yer —> batqaq) otga aylangan; oʻzbek tilida a unlilari â unlilariga almashgan: bat- + qaq = batqaq > bâtqâq.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.
Maʼnoviy xususiyatlari
[tahrirlash]Maʼnosi
[tahrirlash]1 Oyoq bosib boʻlmaydigan boʻsh loy va shunday loy bilan qoplangan yer, may-don; botqoqlik, botqoqzor. Baqa botqogʻini qumsar, Ba,shq — koʻlini. Maqol.◆ Eshak yugurar qatqoqda, holi maʼlum botqoqda. "Qanotli soʻzlar". m◆ Ariqni botqoqdan tozalab tur-masang, keladigan suv ham keyinchalik kama-yib, oxiri butunlay kelmay qolishi mumkin. Shukrullo, Saylanma.
2 sft. Boʻsh loyli, shunday loy bilan qoplangan.◆ Botqoq va balchiq yerlarda olib boriladigan dehqonchilikni biz bir qator xalqlarda hanuz uchratamiz. K. Mahmudov, Qiziqarli pazandalik.
3 koʻchma Salbiy muhit, girdob. Ular meni jinoyat botqogʻiga itarmoqchi boʻldilar. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli. Balandparvoz maqtanchoqlik bilan osmonga qarab, necha yillik turgʻunlik botqogʻidan qanday oʻtib kelganimizga hayronman. Gazetadan. Xizmat burchi nuqtai nazaridan olib qaralganda mayor haq: jinoyatchilik botqogʻidan tor-tib chiqarib, odam qatoriga qoʻshish kerak. "Yoshlik".
Sinonimlari
[tahrirlash]Antonimlari
[tahrirlash]БОТҚОҚ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.
Tarjimalari
[tahrirlash]botqoq