boʻron
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
[tahrirlash]boʻ-ron
Aytilishi
[tahrirlash]Etimologiyasi
[tahrirlash]BOʻRON 'yogʻingarchilik bilan toʻzon aralash kuchli shamol’. B oʻ r o n tobora kuchayar edi. Bu ot qadimgi turkiy tildagi ’shamol aralash kuchli yogʻin yogʻ-’ maʼno — sini anglatgan bora- feʼlidan -n qoʻshimchasi bilan yasalgan (ЭСТЯ, II, 191); oʻzbek tilida a unlisi â unli — siga almashgan: bora- + n = boran > borân.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.
Maʼnoviy xususiyatlari
[tahrirlash]Maʼnosi
[tahrirlash]1 Toʻzon yoki qor-yomgʻir aralash esadigan shiddatli shamol.◆ Buri boʻronda quturar. Maqol.◆ wm Hamma yoqni qum boʻroni qopladi. Omon koʻrinmay qoldi. H. Nazir, Yonar daryo.◆ Qum boʻroni oʻtov kigizlarini, baliqchilarning toʻrlarini osmonda uchirib yurdi. A. Muxtor, Qoraqalpoq qissasi.◆ Zar-garov toʻxtab, pastga tushdi. Atrof zim-ziyo, boʻron quturib koʻz ochirmasdi. A. Muxtor, Boʻronlarda bordek halovat.
2 koʻchma Toʻxtamasdan yogʻ(il)ayotgan narsa. ◆ Toʻplarning oʻq boʻroni avvalgi kuch va gʻazab, qahr 6 wwh' samoda hukmron edi. Oybek, Quyosh qoraymas.
3 koʻchma Shiddatli, davomli harakat, oqim; toʻfon.◆ -Xalqning qudratiga, boʻroniga hech qanday togʻ dosh kelolmas! — dedi-da, Sultonmurod chiqib ketdi. Oybek, Navoiy. ◆ Nahot yovuz boʻron xasdek uchirgay? Qaynar to-mirimda otashin qonlar. "Guldasta".◆ Xalq qoʻshiqchilarni qarsak va qiyqiriq boʻroni bilan olqishladi. Oybek, O. v. shabadalar.
4 Ichki, ruhiy kechinmalar gʻalayoni, tugʻyoni.◆ Lekin ichidagi haligi jang boʻroni bir nafas ham tinmadi. "Mushtum".◆ Mana, oʻzingiz koʻrib turibsiz, shunaqa gaplardan keyin oshiq qalbida boʻron koʻtarilmaydimi? X. Toʻxtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati. ◆ Qoʻzgʻaling, hey, his-tuygʻular boʻroni, Koʻpdan sizga koʻz tutardim umidvor. Dilshoda, Umidim.◆ Bu soʻzlar Yoʻlchining yuragida boʻron yasadi, u totli, zavqli hayajon bilan qal-tirardi. Oybek, Tanlangan asarlar.
5 koʻchma Xavf-xatar, dahshat.◆ Tinchlik daraxtini olovlardan, boʻronlardan asra-shimiz kerak. "Saodat". U◆ ne-ne daryolarning toʻlqinlarini oʻlim boʻronlari orasida kechib oʻtmadi. Oybek, O. v. shabadalar.◆ Senga na boʻronlar kor qila olur, Seni na yoʻqotib, bor qsh1a olur. A. Oripov, Yillar armoni.
6 koʻchma Balo, ofat, kulfat.◆ Nifoq boʻroni xarob etgan Xorazmni osonlikcha zabt etib, behisob oʻljalar olib kelganidan u xursand. M. Osim, Karvon yoʻllarida.◆ Ana oʻshanda koʻrasan Xorazmda fitna boʻronining boshlanishini. M. Osim, Karvon yoʻllarida. ◆ Xalqlar boshiga zulm boʻronini yogʻdirgan va ofatlar keltirgan sariq vabo — Gitler mashinasi zil ketdi. N. Safarov, Olovli izlar.
7 Boʻron (erkaklar ismi).
Sinonimlari
[tahrirlash]Antonimlari
[tahrirlash]БЎРОН. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.
Tarjimalari
[tahrirlash]boʻron