birga
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
bir-ga
Aytilishi
Etimologiyasi
BIRGA ’birgalikda’, ’jam boʻlib’. Tantanali yigʻilishga doʻstim bilan birga bordik. Bu soʻz eski oʻzbek tilida bir sonining -gä joʻnalish kelishigi qoʻshimchasini olgan shakli boʻlib, shu shaklida oʻzgarmas holda ravishga koʻchgan: bir + gä = birgä. Ushbu ravish— ning birgä shakli nisbatan yangi boʻlib, qadimgi turkiy tilda bir soniga joʻnalish kelishigining oʻsha davrdagi -gärü shaklini qoʻshib hosil qilingan: birgärü (ЭСТЯ, II, 149, ПДП, 371; DS, 102).
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.
Maʼnoviy xususiyatlari
Maʼnosi
rvsh. 1 Bir boʻlib, qoʻshilib, bir-galikda, hamkorlikda.◆ Birga ishlamoq. Birga oʻqimoq. Birga oʻsgan oʻrtoqlar. m Nishonboy birga ishlaydigan yigitlar bilan chorpoyada oʻtirardi. T. Ashurov, Oq ot.◆ U bilan birga kechgan shirin damlarni, dsh1rabo suhbapʼshrni eslaydi. T. Ashurov, Oq ot.◆ Qani, oʻzinglar ham oʻtiringlar, birga ichamiz. S. Zunnunova, Olov.◆ Kelajak baxt yoʻlimni siz bilan birga bosmoqni orzu qilaman. P. Tursun, Oʻqituvchi. ◆ Meʼmor barvaqt turib, uch shogirdi bilan birga tashqari hovlida nonushta qildi. Mirmuhsin, Meʼmor.
2 Bir vaqtda, baravar.◆ Oʻgʻlim ertalab men bilan birga turadi. ish◆ Sodiqjon Yulduzxon bilan yoshlikda birga oʻsgan, bir maktabda oʻqigan. R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi.
3 Bilan koʻmakchisidan keyin kelib, „qatorida, bir qatorda; shuningdek“ maʼnolarini anglatadi.◆ Bizning vazifamiz shshni XSH1Q tajribasi bilan boyitish va shu bilan birga xalq tajribasini ilmning elagidan oʻtkazishdir. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari.◆ Yangi maktablar ochib.. diniy darslar bilan birga jugʻrofiya, tarix, hisob kabi ilmlarni ham taʼlim beraylik. Oybek, Tanlangan asarlar.◆ Menda bir taklif bor: bugun Kanizakni yangi uy bilan birga yangi nom bilan ham mukofopiasak — otini Hanifa qoʻysak. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari.
4 Kimsa yoki narsa bilan birlikda; uning yonida, bagʻrida.◆ Masa,yularni birga muhokama qilmoq. Xat bilan sovgʻani birga yubormoq. m Dolia.. bolalardan ikkitasini birga olib yura boshladi. P. Tursun, Oʻqituvchi.◆ Eri, baxti, husni, shoʻxligi yana u bilan birga. S. Ahmad, Ufq.◆ Eri bormi? — Bor. Shu yerda. Besh oydan beri birga! A. Qahhor, Asarlar.
- Toʻyda birga boʻling Toʻyga taklif etish shakli.◆ [Yormat] Baʼzi bir “taʼbi tortgan” oda.sharga „toʻyda birga boʻling“ deb qoʻyadi. Oybek, Tanlangan asarlar.
Sinonimlari
Antonimlari
БИРГА. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.
Tarjimalari
OʻTIL
Ruscha ru
birga
вместе, совместно; ◆ shuning bilan birga вместе с тем (этим); наряду с этим; ◆ birga qoʻshmoq соединять, объединять; сочетать.
Pak qiz
Hol
birga
Hol
birga