[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

belbogʻ

Vikilug‘atdan olingan

Oʻzbekcha (uz)

[tahrirlash]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

bel-bogʻ

Aytilishi

[tahrirlash]

Etimologiyasi

[tahrirlash]

BELBOGʻ ’belga bogʻlanadigan chorburchak mato’, ’qi-yiq’. Kimda chorbogʻim qolur, kimda belbogʻim qolur? (Chustiy). Bu qoʻshma ot qadimgi turkiy tilda bel bagʻï birikmasining bir soʻzga birlashuvi bilan yuzaga kelgan, keyinchalik egalik qoʻshimchasi talaffuz etilmay qoʻygan (ДС, 93); oʻzbek tilida a unlisi â unlisiga al— mashgan: bel bagʻï > belbagʻï > belbagʻ > belbâgʻ.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]

1 Belga bogʻlanadigan, toʻrt-burchak roʻmol shaklidagi gulli yoki gulsiz, chetlari tikilgan mato parchasi; qiyiq, qi-yiqcha.◆  Shohi belbogʻ. m Nozim Zuhraning boshini asta silab, oʻz koʻz yoshini belbogʻi uchiga artdi. "Guldasta".◆  U doʻppisining jiyagini qaytarib, shohi belbogʻ bilan bogʻlab olgan edi. K. Yashin, Hamza.

2 Umuman belga belbogʻ kabi bogʻlanadigan narsa. [◆  Sharofat: ] Eshigimizga uvada toʻnu chshvir belbogʻ bilan kelgan eding. -Nima bilan chiqib ketdim? /dedi Sidiqjon]. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari.

3 Har narsaning oʻrta belidan oʻtgan faraziy chiziq yoki halqa; ekvator.◆  Endi biz Yerning belbogʻidan oʻtdik, Janubiy yarim-sharga kirdik. H. Hasanov, Ekvatordan oʻt-ganda.◆  Bu yerdan oʻtibdi yerning belbogʻi, Beqasam toʻn demak bu rangin diyor. A. Oripov.

4 koʻchma Quvvat, mador, koʻmakdosh.◆  Oshnam — belbogʻim. "Qanotli soʻzlar".◆  -Nega tashlab ketaman buni, — dedi kampir, kelinning soʻzini rad qshshb, — Belimning belbogʻi endi bu. I. Rahim, Chin muhabbat.◆  Men boraman elimga, alla, bolam, Belbogʻlar bergin be-limga, sia. "Boychechak".

Belboqqa yolchimaslik Boyimaslik, biri ikki boʻlmaslik. Boʻzchi belboqqa yolchimas.

kulol — moʻndiga: eshitganmisan? Oybek, Tanlangan asarlar. Vodoprovod bor-u, boʻzchi belboqqa yolchimas degandek.. Qoratepa, Pan-jikent koʻchalaridagi kranlarda suv yoʻq. "Mushtum". Belbogʻ yechilmay Qiyinchi-liksiz, tezda.◆  Siz tikilgan ish belbogʻ yechilmay bitadi. Hammaga qorongʻi boʻlsa ham, menga ayon. Hamza, Tanlangan asarlar. Be-lingda belbogʻing bormi? Yigitmisan? Yigitlik gʻururing bormi? [◆ Xonzoda Gʻo-firga:\ Belingda belbogʻing bormi? Qanday sharmanda, xudo urgan erkaksan? Hamza, Boy ila xizmatchi.◆  Odamlarni hasharga aytib qoʻydim. Belida belbogʻi bori kelaveradi. Oʻ. Hoshimov, Ikki eshik orasi.

Sinonimlari

[tahrirlash]

Antonimlari

[tahrirlash]

БЕЛБОҒ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

[tahrirlash]

belbogʻ
кушак, пояс (в виде платка); ◆ mirshabning eshik belbogʻisi ист. деньги, которые освобожденный из-под ареста уплачивал начальнику полиции (в Бухарском эмирате); boʻzchi belboqqa yolchimas посл. (букв. ткач без кушака) сапожник без сапог.