[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

baraka

Vikilug‘atdan olingan

Oʻzbekcha (uz)

[tahrirlash]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

ba-ra-ka

Aytilishi

[tahrirlash]

Etimologiyasi

[tahrirlash]

ya. a£^ — duo; rozilik, ijozat; ollohning marhamati

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]

1 Biror narsaning (asosan, nozu neʼmatlar, ekin hosili) kutilgan darajadan moʻlligi, serobligi. ◆ Baraka koʻtarildi. ◆ Baraka yoʻqoldi. ◆ Janjalli uyda baraka boʻlmas. Maqol . ◆  Gʻoʻza chilla suviga qonsagina, xirmonga baraka kiradi. Gazetadan .

Barakasi ketdi yoki baraka koʻtarildi Serobligi yoʻqoldi, moʻlligi barham topdi. ◆ Bir kun janjal chiqqan uydan qirq kun baraka koʻtariladi. Maqol .
Xirmonga baraka! Xirmon koʻtarayotganlarga "hosil moʻl boʻlsin!" maʼnosida aytiladigan talak.
Qoʻlida baraka yoʻq yoki qoʻlining barakasi yoʻq Tejab-tergab, oʻrinli sarf qila olmaydigan kishi haqida.

2 Olloh beruvchi nasiba, neʼmat; ehson. ◆ -Xudo baraka bersin, teraveringlar! — deb fotiha berdi. M. Ismoiliy, „Fargʻona tong otguncha“ ◆ Xudo umringga, molingga baraka bersin. Hamza .

3 Biror narsa yoki harakatdan keluvchi foyda, naf; samara, unum.◆  Qaytgan molda baraka bor. Maqol . ◆  Yigʻlama, yigʻidan hech kim baraka topgan emas! A. Qahhor, „Ogʻriq tishlar“ . ◆  Meni olib nima baraka topding? Nuqul gʻavgʻoga qolasan. "Yoshlik" .

Baraka top (ko'r) "Kam boʻlma", "omadingni bersin" maʼnosida aytiladigan olqish, undov.
Bor baraka, bor baraka top, baraka de(ng), baraka qil(ing) Oldi-sotdi savdosida "soʻralayotgan narxga xoʻp deng" maʼnosida ishlatiladigan ibora.◆  Qani, ha, uka, "baraka de, baraka de"lardan keyin yarim soatcha.. savdolashib, molni bir soʻm oʻn tiyinga sotdik. G'. Gʻulom, „Shum bola.“ ◆  Qoʻlni bering, boring, baraka toping, olti yuz. S. Nurov, „Narvoy“ .
Boriga baraka Boriga shukur, bori ham yetib qolar.◆  Boriga baraka, u yogʻini ogʻzaki boplayman. A. Qahhor, „Asarlar“ .

4 koʻchma s.t. Qoʻshaloq koʻsak va shunday koʻsakda ochilgan paxta; qoʻshaloq meva. ◆ Etakka yopishgan toʻngʻiztaroqlarni yulib tashlab, "baraka" qidirishlari ham, gʻoʻzalar orqasiga yashirinib olgancha, qizlarga xom koʻrak otib shoʻxlik qilishlari ham — hamma-hammasida allanechuk quvnoq, zinhor-zinhor qaytib kelmas orzular bor edi. O'.Hoshimov, „Qalbingga quloq sol“ .


Sinonimlari

[tahrirlash]

Antonimlari

[tahrirlash]

БАРАКА. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

[tahrirlash]

baraka
1 изобилие, обилие; ◆ janjalli uyda ~ boʻlmas посл. в доме, где есть ссоры, нет достатка; ◆ ~si uchdi улетучился, заметно уменьшился;
2 продуктивность, прок, толк, польза; ◆ uning ishining ~si yoʻq от его работы проку нет, его труд непродуктивен; ◆ harakati zoʻr, ~si (или barakati) yoʻq он суетится много, а толку, проку мало; ◆ ~ topmoq   извлекать пользу, получать выгоду; ◆ ~ top! пусть тебе всё идёт впрок! (возглас, употребляемый для выражения одобрения или благодарности); ◆ umringdan ~ top! пусть будет тебе счастье в жизни!;◆ ~ topma! (или topmagur!) бран. чтоб тебе не было удачи!;
3 пара сросшихся между собой коробочек хлопка, плодов и т. п.;
4 Барака (имя собств. мужское);

◆ bor ~!, bor ~top!, ~de(ng)! ,◆ ~ qil(ing)!   ну, по рукам; (при купле и продаже);
◆ boriga ~ удовлетворимся тем, что есть; чем богаты, тем и рады.