[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

bahor

Vikilug‘atdan olingan

Oʻzbekcha (uz)

[tahrirlash]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

ba-hor

Aytilishi

[tahrirlash]

Etimologiyasi

[tahrirlash]

f.koʻklam fasli

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]
  1. Yildagi toʻrt faslning biri, qishdan keyingi, yozdan oldingi fasl; koʻklam (yilning mart, aprel, may oylariga toʻgʻri keladi).◆  Erta bahor. Bahor quyoshi. Bahor shamoli. Daryo suvini bahor toshiradi, Odam qadrini mehnat oshiradi. Maqol. n◆  U [Gulnor] bukun shod, bahor uning nashasiga nashʼa, goʻzal-ligiga goʻzallik qoʻshgan. Oybek, Tanlangan asarlar.◆  Bahor joy tanlamas ekan. U. Hoshimov, Qalbingga quloq sol.
  2. koʻchma Har narsaning (umrning, hayotning) yashnagan, kamolga yetgan payti, shunday chogʻlar ramzi.◆  Umr bahori. Hayot bahori. Sevgi bahori. Yaxshi xotin — hamisha bahor. Maqol. v◆  Shu yerdadirmardlik, jasorat, Shu yerdadirhayot bahori. Yo. Mirzo, Oʻgʻil mehri. ◆ Axir yoshimiz ketyapti, umr bahorimiz oʻtib, kuzimiz yaqinlashib kelyapti, Hayotxon! M. Ismoiliy, Fargʻona t. o.◆  Gʻulomjonning koʻnglida yayragan quvonch bahori koʻzlarida javlon urdi. M. Ismoiliy, „Fargʻona tong otguncha“
  3. koʻchma Umrning maʼlum qismi, muddati, yoshi.◆  Bizning Narzimiz oʻzining yigirmanchi bahorini xuddi shu Moldaviya yerida qarshi oldi. N. Safarov, Olovli izlar. ◆ Baxtli qizim, men oʻylab boqsam, Ikki bahor koʻribdi yoshing. Yo. Mirzo, Oʻgʻil mehri.
  4. koʻchma Quvonch, shodlik, baxt.◆  Ishqingda men bahorlar topdim, Bahor ichra nahorlar topdim. H. Olimjon.◆  Sizda boʻlgan umid, ishonchlar, Kunlar kelar, yaratar bahor. Gʻayratiy.
  5. koʻchma Sevgi, muhabbat; umid.◆  Kimningdir koʻnglida bahor gulladi. Kimdir kimgadir intizor boʻldi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol.
  6. koʻchma Sevgili, maʼshuqa, goʻzal yor.◆  Gullagan bahorim, seni sevaman. U. Ismoilov, Saylanma.◆  Soʻldimikan gul chechakli bahorim, Ham qishimdan, ham yozimdan ayrildim. "Nurali".◆  Xazon etmoqchi boʻlmish, ajratib fasli bahorimdan. "Guldasta".
  7. Bahor (xotin-qizlar ismi).

Sinonimlari

[tahrirlash]
  1. koʻklam

Antonimlari

[tahrirlash]
  1. kuz

БАҲОР. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

[tahrirlash]


bahor
весна; // весенний; avval (или erta)◆ bahor ранняя весна; ◆ bahorda весной; ◆ bahor kunlarida в весенние дни.