[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

mezon

Vikilug‘atdan olingan

Oʻzbekcha (uz)

[tahrirlash]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

me-zon

Aytilishi

[tahrirlash]

Etimologiyasi

[tahrirlash]

arab. – oʻlchov, tarozi; muvozanat; odillik;

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]

1. esk. Tarozi, oʻlchov. ◆ Mezon toshlari. ◆ Qiyomat kuni adolat mezoni o'rnatamiz. Agar urug'chalik amalingiz bo'lsa keltiramiz. Xisob ketayotgani kifoya bo'lsin. qurʼon 21:47

2. koʻchma Taqqoslash yoki baholash uchun oʻlchov, andoza. ◆ Mehnat — kishi qadr-qiymatining mezonidir. ◆ Darveshali.. har ishga bel bogʻlar ekansiz, elning manfaat va zaruriyatini oʻzingiz uchun bir mezon deb biling. Oybek, „Navoiy.“

3. (M — katta) astr. Oʻn ikki burjning biri, Savr va Saraton burjlari oʻrtasida joylashgan (q. burj).

4. Shamsiya yil hisobida yettinchi oyning arabcha nomi (22 sentyabr — 21 oktyabr davriga toʻgʻri keladi). ◆ Navroʻzdan soʻng qish boʻlmas, mezondan soʻng yoz boʻlmas. Maqol.

5. Baʼzi oʻsimliklarning kuzda havoda suzib yuradigan, oʻrgimchak uyasiga oʻxshash spora tashuvchilari. ◆ Kuz keldi. Suvlar ariqda oynadek tiniq shildiradi, koʻkda mezonlar suzdi. Sh. Gʻulomov, „Tashabbus.“

6. Uzoq choʻzilgan yoz, issiq kuz.

Sinonimlari

[tahrirlash]

Antonimlari

[tahrirlash]

МЕЗОН. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

[tahrirlash]

mezon I
1 уст. весы;
2 книжн. критерий, мерило; ◆ haqiqat ~i критерий истины;
3 астр. Весы (зодиакальное созвездие);
4 уст. мизан (название седьмого месяца солнечного года, соответствующего периоду 22 сентября - 21 октября);
5 перен. серебристая паутина, летающая в воздухе осенью;
6 бабье лето.

mezon II
физ. мезон (частица).